Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 08 Мая 2013 в 11:42, реферат

Описание работы

O`tkan yillar statistikasi va amaliyoti shuni ishontirib tasdiqlaydiki, yildan yilga fuqarolarimizning yaqin va uzoq chet el safarlariga chiqish ko`rsatkichlari jadal ravishda o`sib bormoqda. Biroq oddiy chet elga chiquvchi fuqaro (sayyoh) yo`lga otlanar ekan, avvalambor, o`zga mamlakatning go`zal tabiati, tog`larning viqori, sof havosi, chang’ida uchish, Misr ehromlarini ko`rish, ajabtovur o`simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi bilan tanishish , Karib dengizining tiniq, toza suvlarida cho`milish, bir so`z bilan aytganda, faqat yaxshi va yoqimli narsalar to`g`risida o`ylaydi, oldiga dunyoni ko`rish, o`zga mamlakat madaniyati bilan tanishish, tinch, zavq bilan dam olishni, sog`ligini musthkamlashni maqsad qiladi.

Файлы: 1 файл

chet elga chiquvchi fuqarolar sug'urtasi.doc

— 2.16 Мб (Скачать файл)

Sug’urtachiga sug’urta qoplamasini to’lashi talabi sug’urtachi to’lovni amalga oshirishi kerak bo’lgan vaqtdan boshlab 3 yil mobaynida qo’yilishi mumkin. Sug’urta shartnomasi tufayli paydo bo’ladigan baxslar kelishuvlar orqali hal qilinadi. Bir umumiy kelishuvga kelinmasa, Rossiya Federatsiyasi Qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.

Ko’rsatilgan transport turlarida majburiy shaxsiy sug’urtalash shartnomalaridagi sug’urta tarifi Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi bilan kelishilgan holda sug’urtachilar tomonidan belgilanadi va sug’urta faoliyati nazorati Federal nazorati tomonidan tasdiqlanadi. 

Sugurta premiyasining summasi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Farmonlariga binoan yo’llanma puliga kiritiladi va chet elga chiquvchi fuqarodan yo’l hujjati (yo’llanma) ni sotib olayotganda ushlab qolinadi. Rossiya Federatsiyasida bepul transport vositalaridan faydalanish huquqiga ega yo’lovchilar sug’urta badalini kiritmay, majburiy shaxsiy sug’urtalanadi. 

Majburiy shaxsiy sug’urtalashda sug’urta puli yo’llanma sotib olingan vaqtdagi 120 ta eng kam ish haqi miqdorida beriladi. Sug’urta holati natijasida yo’lovchi jarohatlansa unga jarohatlanish darajasi miqdorida sug’urta pulining bir qismi to’lanadi. Yo’lovchining halok bo’lishi holatida sug’urta pulining hammasi uning vorislariga beriladi.

Sug’urta puli yo’lovchi (chet elga chiquvchi fuqaro)ning majburiy shaxsiy sug’urtalash shartnomalariga ko’ra sug’urtalagan shaxsga yoki vorislariga sug’urtachi tomonidan sug’urta holatida tuzilgan baxtsiz hodisa to’g’risida akt, va majburiy sug’urtalash talab etadigan boshqa hujjatlar taqdim etilganidan boshlab 10 kundan uzoq bo’lmagan vaqt mobaynida to’lanishi lozim.

 

6.8.1.3. Chet elga chiquvchi fuqarolar (sayohatchilarning) ixtiyoriy tibbiy sug’urtasi

Ixtiyoriy tibbiy sug’urta shaxsiy sug’urtalashning ichki tarmog’I bo’lib, sug’urtalovchi va sug’urtalanganganlar manfaatlarini himoyalashning barcha turlarini o’z ichiga oladi. Bular ishga layoqatlilikni yo’qotish, sog’liqning yomonlashishi, o’lim bilan bog’liq. Sug’urtalanganningmulkiymanfaatibusug’urtaturidatibbiy harajatlarni qoplovchi sug’urtachining hisobidan to’lanadigansug’urtakompensatsiyasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ixtiyoriy tibbiy sug’urta bu sug’urtalanganning tibbiy yordamga muhtoj bo’lganida qilgan harajatlarini qoplovchi sug’urtalash turlarining jamlanmasi hisoblanadi.

“Rossiya Federatsiyasi hududida chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat asoslari” to’g’risidagi Federal Qonunda quyidagilar aytib o’tilgan: “Agar qonunchilik tomonidan tibbiy yordam kafolati shartlari, mamlakat hududidagi shaxslarga ham ko’rsatilib o’tilgan bo’lsa, turoperator bu kafolatni berishga majbur. Baxtsiz hodisada, yoki kasallik holatida chet elga chiquvchi fuqarolarning sug’urtasi bu kafolatni amalga oshirishning asosiy usulidan biridir.”

Sug’urta polisida chet elga chiquvchi fuqarolarga tibbiy yordam ko’rsatish harajatlari to’lovi va bu harajatlar vaqtinchalik turish mamlakatida qoplanishiko’rsatilib o’tilgan bo’lishi lozim.

Sug’urta polisi rus tili va vaqtinchalik joylashish mamlakati davlat tilida rasmiylashtirilishi lozim.

Chet elga chiquvchi fuqarolarning ixtiyoriy sug’urtalanishi oxirgi yillarda Rossiya Federatsiyasi hududida tobora rivojlanib bormoqda, chunki yildan yilga chet elga turizm va sayohat vajida ketayotgan fuqarolar soni ortmoqda, shu bilan birga sodir bo’lgan barcha turdagi baxtsiz hodisalar, kasalliklar, o’lim soni ham ortdi. Bundan tashqari tibbiy servis kompaniyalari tomonidan tibbiy xizmatni to’lashni kafolatlovchi assistanslar hamkorlik qilgan sug’urta polisining mavjudligi , ko’pgina mamlakatlardan viza olish shartidir.

Chet elga chiquvchi fuqarolarning tibbiy sug’urtasi ixtiyoriy bo’lib, majburiy sug’urtalash dasturida belgilangan kafolat qilingandan, uning ustiga faqat Rossiya Federatsiyasi hududida amal qiladigan, ancha katta hajmdagi sug’urta holatida tibbiy xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan.Sug’urtalovchi sifatida chet elga chiquvchi fuqarolarning o’zi, shuningdek yuridik shaxslar (chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilotlar, sponsorlar, davlat sport qo’mitasi) chiqib, sug’urta kompaniyasi bilan sug’urta shartnomasi tuzaoladilar. Shartnoma imzolanganda potensial chet elga chiquvchi fuqaro tur vaqtida zaruriy bo’lgan ko’p hollarda juda qimmat tibbiy yordam harajati qoplanishi imkoniyatiga ega bo’ladi. Bundan tashqari ixtiyoriy tibbiy sug’urtada ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini sug’urtachi tomonidan nazorat etilishi ham ko’rsatilib o’tilgan.

Ixtiyoriy tibbiy sug’urta qilish ikki Federal qonun bilan tartibga solinadi: Rossiya Federatsiyasida sug’urta ishini tashkil qilish to’g’risida” va “Rossiya Federatsiyasida fuqarolarni tibbiy sug’urta qilish to’g’risida”. Muhim tarafi shundaki, sug’urta subyekti sifatida sug’urtalovchi, sug’urtachi bilan bir qatorda tibbiy muassasa ham chiqishi mumkin. Shu sababli, ixtiyoriy tibbiy sug’urta subyektlarining huquqiy munosabatlari ikki shartnoma asosida: ixtiyoriy tibbiy sug’urta shartnomasi (Sug’urtachi va sug’urtalovchi tomonidan tuziladi) va davolash xizmatini ko’rsatish to’g’risida shartnoma (milliy sug’urta kompaniyasi yoki assistance servis kompaniyasi va tibbiy muassasa o’rtasida tuziladi).

Ixtiyoriy tibbiy sug’urta shartnomasi, sug’urta riski bor bo’lsa, barcha turdagi sug’urtalash majburiyatlarini o’z ichiga olgan shartnomalar safiga kiradi. Shartnoma tuzilganligi fakti sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi, ko’rsatib o’tilgan barcha shartlar va qoidalar bilan, bu shartlarni to’ldiruvchi qo’shimchalar bilan berilganda, tasdiqlanadi.  Moiyr chet elga chiquvchi fuqarolari ixtiyoriy tibbiy sug’urta shartnomasini o’z foydasiga tuzishlari (bunda ular ikki shaxsda: sug’urtalangan va sug’urtalovchi), shuningdek uchinchi shaxslar foydasiga (sug’urtalanganlar: 16 yoshgacha bo’lgan bolalar, 75 yoshdan kattalar va boshqalar.) mumkin.

Sug’urtalovchilar- bu yerda yuridik shaxslar ixtiyoriy tibbiy sug’urta shartnomasini faqat uchinchi shaxslar foydasiga (raxbariyat va xodimlar, firma xodimlari va hokazo) Yuqorida aytib o’tilganlardan ixtiyoriy tibbiy sug’urta individual va kollektiv bo’lishi mumkin.

Ixtiyoriy tibbiy sug’urta shartnomasi sug’urta majburiyati hajmiga ko’ra sug’urtachi sug’urta to’lovini amalga oshirishdan bosh tortishi mumkin bo’lgan shartlar ro’yhatini o’z ichiga oladi. Odatda ular shartnoma shartlari chet elga chiquvchi fuqaro tomonidan bajarilmaganlik holatlarini ko’rsatadi. Bu sog’liqqa yetkazilgan zarar alkogol va giyohvand moddalari ta’siridagi chet elga chiquvchi fuqaroda bo’lsa, yordam so’rash vaqtida chet elga chiquvchi fuqaro shu ahvolda kelsa, chet elga chiquvchi fuqaroik yo’llanmada ko’rsatilmagan joylarda ovqatlangan bo’lsa va boshqalar. 

Hozirgi zamon chet elga chiquvchi fuqarolarning ixtiyoriy tibbiy sug’urtasining o’zgacha tomoni shundaki, rossiya sug’urtachisi nafaqat sug’urtalovchi va tibbiy muassasa o’rtasida, balki chet elga chiquvchi fuqaro va assistance servis kompaniyasi o’rtasida ham dallol bo’ladi.




 


 

 



 

 

 

Ixtiyoriy tibbiy sug’urta shartnomalarini tuzuvchi sug’urta kompaniyalarining raqobatbardoshligining muhim sharti bo’lib, sug’urtalangan shaxsga davolash muassasasida yuqori sifatli kafolatlangan tibbiy yordam ko’rsatilishidir. Shuning uchun sug’urtachilar o’zining obro’sini saqlash maqsadida mahalliy va xorijiy tibbiyot maskanlari orasidan nafaqat o’zini yaxshi tomondan ko’rsatgan, ishonchli hamkorlar tanlaydi, balki  ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini tekshirish uchun puxta o’ylangan nazorat tizimini yo’lga qo’yishadi. Chet elga chiquvchi fuqaro ham shartnoma imzolashidan avval, ushbu sug’urtachi bu yerda va xorijda kim bilan hamkorlik qilishi, u hamkor bo’lgan muassasalar to’g’risidagi fikrlarni ko’rib chiqishi lozim.

 

6.8.2. Chet elga chiquvchi fuqarolar (sayohatchilarning) mulkiy sug’urtasi

Barcha rivojlangan dunyoda allaqachon chet elga chiquvchi fuqaroik firmalarni, chet elga chiquvchi fuqarolar va sayohatchilarni mulkiy sug’urtalash amal qiladi. Xalqaro va ichki turizmni sug’urtasiz tasavvur qilib bo’lmay qoldi. Sug’urta polisi esa – servisni muhim tashkil etuvchisi bo’lib, chet elga chiquvchi fuqarolarga xavfsizlik va qulaylikni kafolatlaydi. Bu hol Rossiyaga ham tobora urf bo’lib qolmoqda.  Aynan xavfsizlik va qulaylik chet elga chiquvchi fuqarolarga o’zlari bilan olinadigan yoki alohida olib o’tiladigan, sayohat davomida moliyaviy (tijoriy) kelishuvlarda foydalaniladigan mulkning sug’urta qilinishini ta’minlaydi. AQSHdamulknisug’urtalashgaginaixtisoslashgansug’urta kompaniyalari soni 8000dan ziyod hisoblanadi.

Chet elga chiquvchi fuqarolarni bunday sug’urtalashda sug’urta obyeklari  chet elga chiquvchi fuqarolarning mulkiy manfaatlarini himoyalanishi tushuniladi. Mulkiy manfaatlar deb, o’zi bilan olib ketadigan mulkdan (bagaj) foydalanish, unga egalik qilish, shuningdek sayohat vaqtida uyida qoldirib ketadigan mulk hisoblanadi. Mulk sug’urtasi shaxsiy predmetlarni (kamera, fotoapparat, magnitofon va boshq.) hamda ijaraga olingan buyumlar (sport, tog’ chang’I, suv, avtotransport qurilmalari va boshq.) sug’urtalaydi. Eng ko’p uchraydigan sug’urta riski turlari bu o’g’irlik, buyumning nosoz holga keltirilishi, suvga g’arq bo’lishi, tabiiy talofotlar natijasida yakson bo’lishi, transport avariyalari, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan qasddan yoki e’tiborsizlik tufayli (sport muassasasi rahbariyati, mehmonxona hodimlari va boshq.) yetkaziladigan zarar. Chet elga chiquvchi fuqaroik firmalar va chet elga chiquvchi fuqarolar (sug’urtalovchilar)ning sug’urta tashkilotlari bilan mulkiy sug’urtalashda huquqiy munosabatlari to’liqligicha mulkiy sug’urta shartnomasida, shuningdek konkret sug’urta holatida uchun shartlar qoidalarida, bu har bir sug’urta kompaniyasi tomonidan mustaqil ravishda, joriy Rossiya Fedreratsiyasi qonunchiligiga asoslangan tarzda sug’urtalash nazorati davlat departamenti tomonidanishlab chiqiladigan umumiy mulkni sug’urtalash qonun qoidalari doirasida, aytib o’tiladi.

Misol sifatidachet elga chiquvchi fuqaroik firma mulkini ixtiyoriy mulkiy sug’urtalash shartli sxemasini ko’rib chiqsak.

 

Sug’urtalash borasida majburiyat limiti, masalan kvartiraning remonti, xuddi shuningdek shaxsiy mulk ta’mirida, polisda ko’rsatilgan sug’urtachi to’lov majburiyati umumiy summa miqdorining 50% tartibida beriladi. Mulknisug’urtalashdafranshizao’rnatilishimumkin.

 

6.8.3 Chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilotlar moliyaviy riskdan sug’urtasi

Hozirgi amaldagi qonunchilikga ko’ra moliyaviy risk sug’urtasi “Mulkiy sug’urtalash” tarmog’iga bir necha sabablar tufayli kiradi. Moliyaviy risklar (foyda olmaslik, yoki uni yo’qotish xavfi, daromad olmaslik) mulkni sug’urtalashdan alohida ravishda polis rasmiylashtirib sug’urta qilinishi mumkin. Masalan, shartnomada ko’rsatilgan shart sharoitlar kontragent tomonidan bajarilmasligi.

Zamonaviy shart sharoitlarda, Rossiya Federatsiyasida bozor iqtisodiyotiga o’tish juda notekis kechayotgan bir paytda, moliyaviy risklar sug’urtasi ahamiyatlidir .

Tadbirkorlar, tijoratchilar, bankirlar va moliya sohasida ish yurituvchi boshqa kategoriyadagi xodimlar kutilmagan omadsizliklar va yo’qotishlarda sug’urta himoyasidan foydalanishitabiiy va oqilonadir. Shu sababli yildan yilga sug’urtalanuvchilar soni ortib bormoqda.

Sug’urta faoliyati klassifikatsiyasi moliyaviy risklar sug’urtasini sug’urtachi “sug’urta to’lovlarining to’liq yoki qisman daromadni yo’qotishdagi kompensatsiyasi” majburiyatlarini ko’rsatib beradi. Quyidagi risklar, moliyaviy zarar yetkazishi mumkin va ulardan sug’urta qilsa bo’ladi:

  • Sug’urtalovchining kontragentlari, mijozlari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi tufayli kelib chiqadigan moliyaviy risklar sug’urtasi;
  • Tijorat va kredit shartnomalari bo’yicha moliyaviy risk sug’urtasi;
  • Kutilmagan sud jarayonlari harajati va boshqa harajatlar moliyya riski sug’urtasi.

1996 yil Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasiga yangi tushuncha (2-bo’lim, 48-bob “Sug’urta”) tadbirkorlik riski sug’urtasi kiritildi. Bu tushuncha ostida “tadbirkorlik faoliyati natijasida kontragentlar o’z majburiyatlarini bajarmasligi, yoki bu faoliyatda ishlash shart sharoitlari tadbirkorga bog’liq bo’lmagan asnoda o’zgarishi, shu sababli kutilgan daromad olinmasligi” tushuniladi. (929- modda) Bunday turdagi sug’urtalashni kiritilishi chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilotlar uchun ayniqsa ahamiyatlidir, chunki ularning faoliyati ko’p holatlarda tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq.

Tadbirkorlik faoliyati riski o’z ichiga mol mulkni yo’qotish, shuningdek kutilgan daromadni olmaslik xavfini oladi. Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasi 933- moddaga binoan, “tadbirkorlik riski sug’urtasi shartnomasi asosida faqatgina sug’urtalovchining tadbirlorlik risklari va faqatgina o’zining foydasiga sug’urta qilinishi mumkin.

Sug’urtalovchi bo’lmagan shaxs bilan tuzilgan tadbirkorlik riski shartomasi yaroqsizdir.

Sug’urtalovchi bo’lmagan shaxs foydasiga tuzilgan tadbirkorlik riski sug’urtasi sug’urtalovchi foydasiga tuzilgan deb qabul qilinadi. ”

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari o’rnatilib borar ekan, chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat tobora tijorat sohasiga yaqinlashib bormoqda. Chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilotda bu qandaydir ishga, faoliyat, xizmat turiga pul mablag’larini intestitsiya qilish va shu orqali aniq bir muddatdan so’ng foyda olishga qaratilgan. Sug’urta kompaniyasining tijorat risklarini sug’urtalashda majburiyati sug’urtalovchiga bozor konyunkturasini o’zgarishi; kutilmagan, noxush hodisalar sodir bo’lishi;  Tijorat faoliyatini reja bo’yicha amalga oshirish uchun to’siqlar paydo bo’lishi natijasida yuzaga keladigan yo’qotishlar o’rnini bosishdir. Tijorat risklari sug’urtasi sug’urtalovchiga bo’lishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni , agar vaqt davomida sug’urtalangan operatsiyalar kutilgan miqdorda o’zini oqlamasa,  kompensatsiya qilishni ko’zda tutadi. Sug’urta qoplamasi sug’urta summasi va sug’urtalangan tijorat faoliyatidan olingan moliyaviy natija farqi miqdorida belgilanadi.

Sug’urta summasi sug’urtachining majburiyati imkonida shartnomada ko’rsatilganidek, sug’urtalovchi (chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilot) arizasi tomonidan aniqlanadi va sug’urtachi roziligi holida belgilanadi. Sug’urta summasi miqdorini belgilashdan sug’urtalash mazmuni ham birmuncha o’zgarishi mumkin. Agar sug’urta puli sug’urtalovchining shu operatsiyaga sarf etgan mablag’I miqdorida bo’lsa bu investitsiyalarni sug’urtalash deb ataladi. Agar sug’urta summasi nafaqat ish va xizmatlar harajatlarini, balki sarf etilganlardan olinishi kerak bo’lgan daromadni ham o’z ichiga olsa, kutilgan foyda yoki daromad sug’urtasi deb ataladi. Aytib o’tish kerakki, Tadbirkorlik va tijorat riski sug’urtasi sug’urtalash amaliyotida qiyin jarayon bo’lib, shartnomani imzolash va butun shartnoma muddati davomida bu qiyinchilik yo’qolmaydi.

Tadbirkorlik va tijorat faoliyati sug’urtasining asosiy maqsadi kutilgan foyda va daromadni olish, tadbirkorlik faoliyati natijasida sarflangan pul miqdorlarini oqlash, qilingan investitsiyalardan daromad olish, ular o’zini oqlash, yo’qotishlar bo’lishidan himoyalanish bo’lib, shartnomaning davomiyligi muddati olinishi kerak bo’lgan foyda yoki sarf harajat o’zini oqlashi uchun ketadigan muddatdan kelib chiqadi. Shu sababli, shartnomalar muddatini har bir holatga moslashtirishga to’g’ri keladi, ammo ularni birmuncha standartlashtirish ham maqsadga muvofiqdir. Biroq shartnoma muddatini belgilashda sug’urtalovchi va sug’urtachining manfaatlari kesishadi. Sug’urtalovchi tadbirkorlik faoliyati harajatlari o’zini juda tez oqlashidan manfaatdor, shuning uchun muddatni belgilashda ular iloji boricha qisqa vaqt uchun tuzishni maqsadga muvofiq deb biladilar. Sug’urtachi uchun esa shartnomaning qisqa muddatligi oqlanmagan yo’qotishlar o’rnini bosish xavfini oshiradi. Muddatni uzaytirish pul qaytish imkoniyati ehtimolini oshiradi, shu sababli qaytarilishi kerak bo’lgan yo’qotishlar miqdorini kamaytiradi.

Ko’rib chiqilayotgan sug’urtalash turlarining ahamiyatli tomoni shundaki, sug’urta qoplamasi shartnoma muddati tugashida to’lanadi, bu vaqtda sug’urtalangan operatsiyalar natijasi aniqlanadi (mulkiy sug’urtalashning boshqa ko’rinishlarini zararni qoplash ehtiyoji shartnoma muddatining ixtiyoriy vaqtida kelib chiqishi mumkin). Shu bilan birga tadbirkorlik va tijorat riskarini sug’urtalashda sug’urta to’lovlarini amalga oshirish muddati aniqliligi kelayotgan sug’urta badallarini rejali ishlatishga imkon yaratadi. Bu o’z o’rnida tegishli yaxshi moliyaviy rezervlar to’plashga yo’l beradi. Shuning uchun shartnoma muddatini kelishayotganda, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatining turli sohalariga pul mablagimi qo’yishda,   ilmiy asoslangan maslahatlarga asoslanish juda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, chet elga chiquvchi fuqaroik firma va sug’urta kompaniyalari xodimlari tomonidan  ilmiy matematik va statistic metodlarga asoslangan holda moliyaviy ko’rsatkichlar hisobini amalga oshirishi juda muhim hisoblanadi.

Sug’urta to’lovi shartnomada ko’rsatilgan muddatdan oldin ham to’lanishi mumkin. Bunda bozor o’zgarishi, sarf harajatlar qaytarib olinmasligi aniq bo’lgan holda (siyosiy o’zgarishlar, epidemiya, urush holati) qytariladi. Bunday hodisalar Shartnomada alohida ko’rsatib o’tilgan bo’lishi lozim.

Moliyaviy risklarni sug’urtalash xarakteri shartnoma tuzishdagi bir nechta talablar paydo bo’lishiga olib keladi. Shunday ekan, sug’urtalovchi ruxsatnomaga, maxsus litsenziyaga, patent va bu faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi boshqa muhim hujjatlarga ega bo’lishi darkor. U yoki bu sug’urta holatini sug’urtalashda yozilgan yozma arizada sug’urtalovchi quyidagilar haqida to’liq ma’lumot berishi lozim:

  • Kutilayotgan tadbirkorlik va tijorat faoliyati haqida;
  • Kutilayotgan daromad va bu daromad olinishidagi sarf- harajatlar;
  • Tuzilgan shartnoma kontraktlar;
  • Sug’urtachiga kelib chiqishi mumkin bo’lgan moliyaviy risklar to’g’risida barcha sharoitlarni, ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.

     Moliyaviy risk shartnomasini tuzayotganda shartnomada sug’urtalovchi sug’urtachiga sug’urta riskiga bog’liq ravishda bo’layotgan barcha o’zgarishlar haqida ma’lumot berishi, uning ehtimolini oshiradigan barcha harakatlarni sodir etishini taqiqlovchi bandlar ham ko’rsatilib o’tilishi kerak.

Sug’urtalovchi tomonidan shartnoma shartlarini bajarilmasligi, qonunchilikga hilof harakatlarni amalga oshirishi, tijorat obyekti profilini o’zgartirish, yetarli darajada, kvalifikatsiyasiz boshqaruv, qasddan shartnomadagi majburiyatlarni buzish kelib chiqqan yo’qotishlar va olinmagan foydani qoplanmasligiga asos bo’ladi. O’z navbatida, sug’urta tashkiloti o’z bo’yniga oladigan risklarni cheklashi yoki kengaytirish huquqiga ega.

Sug’urta badallari (tarifi) stavkalari sug’urtalanayotgan moliyaviy risk faktorlaridan : faoliyat turi, sug’urta muddati, bozor munosabatlari stabillik darajasi, valyuta kursi, hukumatning iqtisodiy siyosati va boshqalardan, kelib chiqadi. Har bir chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilot uchun risk individual bo’lib, shu sababli imkon boricha sug’urta badallarini individuallashtirishni keltirib chiqaradi. Moliyaviy riskni sug’urta qilish tajribasiga asoslanib, uni franshiza qo’yib, sug’urtalovchiga esa uni ko’paytirish imkoniyatini berib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, maksimal qaytarish qoplash summasini chegaralash ham maqsadlidir. (Masalan, zararning 80%).

Chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilotlar sug’urtasining muhim ko’rinishidan biri kreditlarni to’lay olmaslik riski va kredit qoplanmasligiga majburiyatni sug’urta qilinishidir. Birinchi holda obyekt sifatida kreditning to’liq qoplanishi va kredit muddatida kreditdan foydalanganlik uchun yig’ilgan foizlarni to’lash bo’ladi. Sug’urta subyektlari: sug’urta kompaniyasi- sug’urtachi va bank (kredit tashkiloti) sug’urtalovchi.

Kreditni to’lay olmaslik riskini sug’urtalayotganda kredit oluvchi (chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilot) bu kreditni to’lay olishi imkoniyati majburiy shart hisoblanadi. Kredit oluvchining kreditni qaytara olish olmasligini tekshirish uchun maxsus tekshiruv o’tkaziladi.

Kreditni to’lay olmaslik riskini sug’urtalayotganda yana bir muhim shart, kreditni olingan maqsad uchun ishlatilganligi. Shuning uchun bank mavsumiy (bir kvartalda bir marta) kredit oluvchining balansini talab qilishi lozim.

Kreditni to’lay olmaslik sug’urtasidan farqli ravishda kredit oluvchi majburiyatini sug’urtalash shartnomalari sug’urta kompaniyalari (sug’urtachi) va chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilot (sug’urtalovchi) tomonidan tuziladi. Sug’urtalash obyekti bo’lib qarz oluvchining bank oldidagi qarzni o’z vaqtida va to’liq to’lash, shuningdek foizlarini ham to’lash majburiyati hisoblanadi. Sug’urta hodisasi deb, qarz qoplanishi kerak bo’lgan muddatdan 20 kun o’tgach bank tomonidan qarz (foizlari bilan) qaytarib olinmasligi. Sug’urta badallari stavkasi sug’urtalash muddati (kreditdan foydalanish muddati), qarz oluvchining kreditni to’lay olish layoqati riskidan kelib chiqadi. Sug’urta stavkalariga o’suvchi yoki kamayuvchi koeffitsientlar qo’llanishi mumkin.

Kredit oluvchi majburiyatini sug’urtalash qonun qoidalari va shartlari kreditni yopmaslik riski sug’urtasi bilan deyarli bir xil. Ularning asosiy shartlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • sug’urtalovchining yozma arizasiga muvofiq ikki nusxada tasdiqlangan formadagi sug’urta shartnomasi ;
    • sug’urtalovchi ariza bilan bir vaqtda taqdim etishi kerak bo’lgan kredit shartnomasi nusxasi va sug’urta to’lovlari ma’lumotnomasi.

Taqdim etilgan hujjatlarga asoslanib sug’urtachi, sug’urta summasidan va o’rnatilgan tariff stavkalaridan kelib chiqqan holda sug’urta badalini hisoblab chiqadi. Bu pul bir safarda to’lanishi shart. Sug’urta badali to’langan kun deb, pul sug’urtachining hisob raqamiga tushgan kun hisoblanadi. Qarz qoplanishi kerak bo’lgan muddatdan 20 kun o’tgach bank tomonidan qarz (foizlari bilan) qaytarib olinmasa, sug’urtachi majburiyatni o’z bo’yniga olish zaruriyati kelib chiqadi.

Odatda butun summa emas, balki kreditning biron miqdori sug’urtalanadi (50 dan 90 %gacha) Qolgan qism sug’urtalovchining o’zini majburiyati ostidadir. Sug’urta puli sug’urta shartnomasida belgilangan qarzdorlik shartnomasi bo’yicha olingan kreditning butun summasiga sug’urtachi majburiyati protsentiga proporsional tarzda belgilanadi.

Kreditni to’lay olmaslik riskini sug’urtalayotganda kredit oluvchi (chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilot) bu kreditni to’lay olishi imkoniyati majburiy shart hisoblanadi. Kredit oluvchining kreditni qaytara olish olmasligini tekshirish uchun maxsus tekshiruv o’tkaziladi.

Информация о работе Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati