Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 08 Мая 2013 в 11:42, реферат

Описание работы

O`tkan yillar statistikasi va amaliyoti shuni ishontirib tasdiqlaydiki, yildan yilga fuqarolarimizning yaqin va uzoq chet el safarlariga chiqish ko`rsatkichlari jadal ravishda o`sib bormoqda. Biroq oddiy chet elga chiquvchi fuqaro (sayyoh) yo`lga otlanar ekan, avvalambor, o`zga mamlakatning go`zal tabiati, tog`larning viqori, sof havosi, chang’ida uchish, Misr ehromlarini ko`rish, ajabtovur o`simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi bilan tanishish , Karib dengizining tiniq, toza suvlarida cho`milish, bir so`z bilan aytganda, faqat yaxshi va yoqimli narsalar to`g`risida o`ylaydi, oldiga dunyoni ko`rish, o`zga mamlakat madaniyati bilan tanishish, tinch, zavq bilan dam olishni, sog`ligini musthkamlashni maqsad qiladi.

Файлы: 1 файл

chet elga chiquvchi fuqarolar sug'urtasi.doc

— 2.16 Мб (Скачать файл)

Agar vrachga murojaat etishdan avval qo’ng’iroq amalga oshirilmagan bo’lsa, chet elga chiquvchi fuqaroik guruh raxbari yoki sug`urtalangan shaxs quyidagilarni qilishi shart:

    • Birinchi tibbiy xizmatni ko’rstuvchi vrachga sug`urta polisini ko’rsatish, va unga davolanish harajatlari sug’urta kompaniyasi servis xizmati tomonidan amalga oshirilishini aytishi lozim;
    • Vrachga servis xizmat tezkor tibbiy xizmat amalga oshirilgandan so’ng bir sutka mobaynida ogohlantirilishi kerakligini aytib o’tish;

O’z holati haqida sug’urtalangan shaxs o’zi, yoki uning davolovchi vrachi servis kompaniyasiga o’z vaqtida xabar bermasa, kompaniya sug’urta qoplamasini to’lashdan bosh tortishi mumkin. Bu holatda sug’urtalangan shaxs xabar bera olmaydigan ahvolda bo’lganligini isbot qilib berishi lozim.

Sug`urtalangan shaxs harajatlarni o’zi to’lasa, keyinchalik sug’urta qoplamasi uning o’ziga to’lanadi. Bunda davolash harajatlari cheklari, telefon qo’ng’iroqlar, kvitansiyalar, dori retseptlarining barchasi sug`urtalangn shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

Sug`urtalangan yashash joyiga qaytganidan 31 kun o’tmay sug’urta kompaniyasi nomiga sug`urta holati tufayli harajatlarni qoplash to’g’risida xat yozishi kerak.

Shu bilan birga u sug’urtachiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • Sug`urta polisi originali;
  • Tibbiy muassasa hisob varaqalari;
  • Vrach tomonidan yozib berilgan retseptlar;
  • Kasallik tarixi, vrachning kasallik haqida xulosasi;
  • Shuningdek, sug’urta holatiga aloqador boshqa hujjatlar;

Sug’urtalangan sug`urtachining xohishiga ko’ra tibbiy tekshiruvdan o’tishi lozim bo’ladi.

Agar sug`urtalangan shaxsga sug’urtachi tomonidan sug`urta qoplamasini to’lash rad etilsa(yozma tarzda, dalillar keltirilgan holda), bu holat sud tomonidan ko’rib chiqilishi mumkin.

6.5 Sug`urta kompaniyasini tanlashda chet elga chiquvchi fuqarolar va chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilotlarning kriteriyalari

Chet elga chiquvchi fuqarolar va chet elga chiquvchi fuqaroik tashkilotlar u yoki bu sug`urta kompaniyasining xizmatlaridan foydalanishdan avval, bu kompaniyaning ishonchliligi (moliyaviy barqarorlik, pul to’lay olish qobiliyati, sug`urta portfelining hajmi va strukturasi) va xavfsizligi haqida ishonch komil qilishlari lozim. Bu kriteriyalar o’zidan nimani kasb etadi? “Rossiya Federatsiyasi hududida chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat asoslari” federal qonuniga ko’ra “sug`urtachining moliyaviy barqarorligi asosini uning to’langan kapitali, sug`urta rezervlari va qayta sug’urtalash tizimining mavjudligi tashkil etadi”.

Sug`urtarezervlarisug’urtachitomonidansug`urta badalhisobiga (premiya, to’lovlar) shakllanadivafaqatginasug`urtalanganlarningsug`urtaholatlariniqoplashuchunishlatiladi. Sug`urtachilar tomonidan tashkil qilingan sug’urta rezervlari, federal va boshqa byudjetlarga sarf qilinishi mumkin emas. Ayrim hollarda sug`urtachilar bu mablag’ni bankga qo’yib foyda olishi, qaytarib olish, likvidlik, diversifikatsiya shartlari bilan investitsiya qilishi mumkin. Barcha soliqlar to’langanidan so’ng qolgan foydaga sug’urtachilar ogohlantirish, oldindan tayyorlash amaliyotlarini tashkil qilish uchun zarur fondler tuziladi. Bu noxushsizliklarni oldini olish hamda sug’urta kompaniyasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, sug’urtachilar o’z imkoniyatlari yetish miqdorida mas’uliyatni bo’yinlariga olishi kerak bo’lib, aks holda tavakkal holatini o’zi sug’urta qilib qo’yishi lozim.

Sanab o’tilgan kriteriylarni hisobga olgan holda potensial chet elga chiquvchi fuqaro, yoki sayyohlik tashkiloti sug’urta kompaniyasining ohirgi yillardagi moliya balansi bilan tanishib chiqishi va o’tkazilgan oxirgi auditorlik tekshiruvi xulosalarini ko’zdan kechirishi lozim.

Ikkinchidan, sug`urta kompaniyasi  ishonchliligi kafolati bo’lib, mehnat staji mavjudligi, sug`urta bozorida 4-5yildan kam bo’lmagan vaqt mavjudligi xizmat qiladi.

Uchinchidan, sug’urta kompaniyasini tekshirayotganda uning sug’urta portfeli hajmi va ko’lamini so’rash kerak. Agar kompaniya faqat bir turdagi xizmatni taklif etsa demak uning ishlari hozirgi kunda yaxshi bo’la olmaydi. Ohir oqibat kompaniya bankrotlikka yuz tutadi.

Barchasidan kelib chiqadiki, musbat balans, ish staji va universal sug’urta portfeli sug`urta kompaniyasi ishonchliligining asosiy ko’rsatkichlaridir. 

Sug`urtalashning sifati bilan bog’liq kriteriy borasida quyidagilarni aytib o’tish lozim. Ba`zi bir sug`urta kompaniyalari haligacha kompensatsion sug`urtalashni qo’llaydi. Bunda barcha harajatlar sug’urtalanuvchi tomonidan qoplanadi. Safardan yashash joyiga qaytganidan so’ng sug`urta kompaniyasiga sug’urta holatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar taqdim etilganda harajatlarni qaytarish uchun sug’urta qoplamasi undiriladi. Bu aslida psevdosug’urtalash bo’lib, haqiqatda boshqa natijalarni keltirib chiqaradi.

Kiruvchi, ichki turizmning qandaydir asosiy sug`urta bozori yo’q. bu soha hali yetarlicha rivojlanmagan. Chiquvchi turizmda esa ahvol ancha stabillashgan, bunda kompaniyalar xorijiy sug`urta kompaniyalari bilan hamkorlikda ish yuritish orqali garb standartlari bo’yicha ish yuritishadi. U yerda esa inson huquqlari yuqori bo’lib, chet elga chiquvchi fuqaro baribir yordam olishi kerak degan fikrda. Asosan, xoriiy kompaniyani tanlashda sug’urta qoplamasi limitiga e’tibor beriladi.Assistans servis xizmati kompaniyalari bilan hamkorlik qiluvchi rus sug’urta kompaniyalarining sug`urta qoplamalri chegralangan: 10,20,50 ming AQSH dollari.

Bu ko’p yoki kamligi alohida vaziyatdan kelib chiqadi. Masalan, ba’zida jabrlanuvchining operatsiyasi va Moskvaga qaytarib olib kelinishi uchun 10 ming dollar ham yetadi. Boshqa holatda sug’urtalangan chet elga chiquvchi fuqaroa Yohannesburg shifoxonasiga shok holatida oshqozon ichak yo’lida qon ketishi bilan yetkazildi. Kompaniya zudlik bilan qilingan operatsiya va Moskvagacha bo’lgan aviayo’lga zarur 15-soatlik kislorod rezervi haqini, 13ming dollarlik harajatlarni to’liqligicha qoplab berdi. Ammo Braziliyada ko’cha betartibliklarida oyog’idan jarohat olgan chet elga chiquvchi fuqaroning operatsiyasi uchun 35 ming dollar ham yetmadi. Juda og’ir operatsiyadan so’ng (suyak maydalanib ketgan), jarohatlangan yana 6 ming dollar o’z hisobidan to’lashga majbur bo’ldi.  

Shunday ekan, birinchi navbatda sug’urta polisini rasmiylashtirishda sug’urta qoplamasi miqdoriga ahamiyat berish lozim. Ko’pchilik mamlakatlar uchun qoplamaning minimal miqdori yuqorida allaqachon aytib o’tilganidek, 15 ming dollarni tashkil etadi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarai- Shengen zonasidagi davlatlar va JAR uchun bu summa 30 ming dollardan kam emas,  AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya uchun esa 50 ming dollardan kam bo’lmagan mablag’ni tashkil etadi. Ba’zida sug’urta qoplamasining miqdori yetarli darajada bo’ldsa ham, u ikkiga ajratiladi: davolanish va transportirovka. Biroq bunda biri uchun ajratilgan summani ikinchisiga o’tkazib bo’lmaydi. Demak, davolanish uchun ajratilgan summa miqdori yetarliligini tekshirish lozim.     Sug’urta polisini tanlayotganda o’z sog’ligining umumiy ahvolini ham e’tiborga olish darkor. Agar chet elga chiquvchi fuqaro yosh bo’lsa, ekstremal sport turlari bilan (alpinism, tog’ chang’ilari, serfing va boshqalar.) shug’ullanish niyati yo’q bo’lsa minimal miqdordagi sug’urta qoplamali polisni tanlashi mumkin. Aks holda pulni qizg’anib o’tirmasdan kattaroq mablag’li polisni olgan ma`qul.undan tashqari ulaarning narxi ham bir biridan unchalik farq qilmaydi. 30 kunlik 15ming dollar sug’urta qoplamali polis uchun chet elga chiquvchi fuqaro 15 dollar, 75minglik sug’urta qoplamali polis uchun 40 dollar atrofida to’laydi.

Ammo ayrim sug’urta kompaniyalari, masalan, Kanadaning Colonia kompaniyasi mijozlarga arzon tariflarda limitsiz sug’urta qoplamasini taklif qiladi. Bunda mijozning davolanishi 100 ming dollar bo’lgan bo’lsa hamsug’urta qoplamasi barcha harajatlarni qoplaydi. Bunda chet elga chiquvchi fuqaro jismoniy shaxs sifatida sug’urtalanadi va xohlagan klinikaga yordam so’rab borishi mumkin. Yoki mehmonxonaga eng yaqin tibbiyot muassasasi bilan kelishuv tuziladi. Ko’pgina sug`urta kompaniyalari esa  arzon tibbiyot muassasalari bilan shartnoma tuzib, u yerda xizmat ko’rsatish darajasi ancha past, joylashishi ham noqulay yerda bo’ladi. Bu darajadagi sug`urta kompaniyasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo’lish ancha qiyin.

Tabiiyki quyidagi savol tug’iladi: barcha kriteriylarga to’g’ri keluvchi kompaniyalar qanday topiladi? Bu yerda tanlanayotgan kompaniyaning taklif qilayotgan sug’urta qoplamasi miqdori, qaysi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi, mijozlarining fikrlari, sug’urta bozoridagi o’rni va obro’si ahamiyatlidir. Buning javobi bir tarafdan juda qiyin, shuning uchun eng yaxshi yo’l bir emas, bir nechta sug’urta kompaniyasi bilan shartnoma tuzish kerak.

Afsuski turfirmalar, sug’urta kompaniyasini tanlashda, chet elga chiquvchi fuqaro uchun qulayliklar haqida ko’p bosh qotirmasdan borini, o’zlariga foydalirog’ini tanlaydilar. Lekin kelajak e’tiborli sug’urtachi va turagent qo’lidadir! Oxirgi vaqtda chet elga chiquvchi fuqarolarning sug’urtasi bilan shug’ullanuvchi sug`urta kompaniyalari soni ortib bormoqda. BIr tarafdan bu yaxshi- barcha kompaniyalar mijozlarga deyarli bir turdagi xizmatni, ularning xavfsizligini ta’minlash va kutilmagan holatlarda yordam ko’rsatishni taklif qiladi. Aslida sug’urta kompaniyalarining xizmatidan foydalanishdan oldin uning litsenziyasini tekshirish lozim. U yerda kompaniyaga ruxsat etilgan va u ko’rsata oladigan xizmtlar belgilab qo’yilgan.

Xorijiy hamkor bilan tuzilgan konraktni ham tekshirib ko’rish lozim. U yerda polisda va`da qilingan va xorijiy kompaniya bilan kelishilgan xizmatlarni solishtirish kerak. Masalan, servis kompaniya chet elga chiquvchi fuqaroga kutilmagan transport xizmatlari harajatlarini qoplaydi, ammo repatriatsiyani to’lab bermaydi. Sug’urta polisida esa assistans juda ko’p xizmatlarni ko’rsatishi yozilgan.

Shuningdek, chet elga chiquvchi fuqaroga 24soatlik rus tilida xizmat ko’rsatuvchi dispetcherlik xizmati va’da qilinadi. Buni ham alohida tekshirib ko’rish lozim. Yana sug’urta kompaniyasining “biz bu servis kompaniyasi bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilamiz, lekin hali biron marta sug’urta holati vujudga kelmagan” degan so’zlari ham shubxali, chunki sug’urta bozorida yildan yilga sug’urta holatlari ko’payib bormoqda, buni yuqorida ham aytib o’tgan edik.  Bu so’zlar esa sug’urta kompaniyasi sug’urta holatida xizmat ko’rsatmagani yoki statistic ma’lumotlarni yig’masligi, professional emasligidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, chet elga chiquvchi fuqarolar sug’urtaga iloji boricha kamroq pul sarflashni xohlashadi.Bu esa xizmatlarning juda kichik sohasini qamrab oladi. O’z sog’ligi va xavfsizligida iqtisod qilish, pulni ayash yaxshilikka olib kelmaydi. Ishonchsiz sug’urta kompaniyasi bilan ish olib boorish, shuningdek turfirma obro’siga ham kata zarar keltiradi. Chunki sug’urtalash turpaketning asosiy qismlaridan biriga aylanib bormoqda.

Yuqorida aytib o’tilganlarning barchasidan sug’urta kompaniyasini tanlashda u bilan shartnoma tuzishdan oldin, bu kompaniyanini boshdan oyoq o’rganib chiqish, sug’urta xizmatlarining sifatiga ishonch komil qilish lozim. Agar bu kriteriylarga e’tiborsiz bo’lsa turfirma, chet elga chiquvchi fuqaro sug’urta holatida sug’urta qoplamasini undirib ololmasligi mumkin. Sudga murojaat qilinganda, sud qarori nafaqat sug’urta kompaniyasi, balki bu kompaniya polislarini mijozlriga sotgan turfirmani ham chetlab o’tmaydi. Turfirma har qanday holatda ham mijoz oldida sotgan tovari uchun iste’molchilar huquqi qhimoyasi qonuniga muvofiq majburiyatga ega bo’ladi.

Shunday qilib, sug’urta kompaniyasi bilan shartnoma tuzishda nimalarga e’tibor berish lozim:

    • Muassislar ro’yhati va ustav kapitali miqdorini o’rganib chiqing;
    • Imkon qadar moliya balans analizini amalga oshiring;
    • Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi Sug’urtalash tekshiruvi Departamenti bilan bog’laning va olgan ma’lumotlaringiz bilan solishtiring;
    • Sug’urta kompaniyasi taklif etadigan minimum xizmatlar dasturi bilan tanishib chiqing, odatda bu dastur o’z ichiga tibbiy yordam + baxtsiz hodisalar + yukni sug’urtalash + safarni amalga oshirish imkonsizligi kabi xizmatlarni o’z ichiga oladi.
    • Chet elga chiquvchi fuqarolarga taqdim etilayotgan nashr qilingan ma’lumotlar bilan tanishib chiqing, uning ko’lamini, ishonchliligini tekshiring;
    • Sug’urtalanganlarga qaysi assistans servis kompaniyasi xizmat ko’rsatishini bilib oling.

 

6.6 Turizmda sug’urtalash marketingi

Marketing termini- iste’molchilarga ta’sir o’tkazish bilan o’z xizmatlarini o’tkazish, tovarini sota olish uchun bozorni o’rganib chiqish, talab va taklifni tekshirish degan ma’nolarni bildiradi. Bu termin rasmiy tarzda 1935 yilda qabul qilingan bo’lib, uni AQSH Milliy iqtisodiyot assotstsiyasi professorlari qo’llay boshlashgan. Keyinchalik bu tushuncha kengroq ma’noda qo’llanila boshladi. Masalan, menejment nuqtai nazaridan marketing bu bozorda amalga oshayotgan jarayonlar asosida yangi mahsulotni ishlab chiqarish, tovarlarni taqsimlash, xizmtlar ko’rsatish, reklama, narx belgilanishida boshqaruv vosita va metodlarining kompleks birlashmasidir.

Sug’urta bozorida tijorat faoliyati boshqaruvi marketingi nisbatan kech, 90-yillarda paydo bo’ldi. Taxminan shu paytda marketing g’oyalari turizm sohsiga ham kirib kela boshladi. Sug’urta xizmati bu tovar bo’lib, sug’urtachi kutilmagan hodisa yuz berganda harajatlarni qoplash majburiyatini sotadi. Sug’urtalanuvchi bu Tovar uchun sug’urtachiga sug’urta tarifi hajmi bilan belgilangan miqdorda sug’urta badalini (to’lov va premiyalar) to’laydi. Marketing bunda bo’lsa bozorni aniqlashning  boshlang’ich metodi bo’lib, asosan bozor iqtisodiyoti uni qo’llab quvvatlaydi, chunki ijtimoiy sug’urtalashdan farqli ravishda bu yerda asosiy e’tibor maksimal foyda olishga qaratilgan.

Bugungi kunda marketingning ikki izohi keng qo’llaniladi. Birinchisi, marketingni sug’urta kompaniyasining asosiy funksiyalaridan birini xizmatlarni sotishni amalga oshiruvchi bo’limi sifatida ko’rinishi bo’lsa, ikkinchi tushuncha marketing butun sug’urta kompaniyasining tizimini tashkillashtirish va boshqarishni amalga oshiradigan kompleks yondashuv kabi izohlaydi. Bunday izohlanishda marketing sug’urta polislarini sotish, reklamani amalga oshirish, akvizitsiya, tashkillashtirishni amalga oshiruvchi funksiyalar birlashmasi sifatida qaralishi mumkin. Sug’urta kompaniyasining bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyati analizi shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik sug’urtachilar faoliyatida marketingning qator funksiyalari va yo’nalishlari deyarli umumiydir. Ularga sug’urta kompaniyasini sug’urta bozori konyunkturasida to’g’ri mo’ljalni olish, sug’urtalashning alohida ko’rinishlari (turizm, ekologiya, inflyatsiya su’gurtalanish turlari) shartlarining maksimal darajada sug’urta bozoriga kirishib ketishi kiradi.

Mrketing atamasini bu konsepsiya va teoriyada qo’llanilishidan kelib chiqib, butun jarayon ikki funksiyaga bo’linishini kuzatish mumkin:

  • Sug’urtalash va chet elga chiquvchi fuqaroik xizmatlarga talab miqdorini  oshirish, bu talabni yaratish;
  • Chet elga chiquvchi fuqaroik va sug’urta manfaatlarini qondirish;

Talabning paydo bo’lishini iqtisodiy jihatdan ko’radigan bo’lsak, marketing yaratadigan talab potensial iste’molchiga ta’sir o’tkazish orqali (reklama, agitatsiyalar, ko’rgazmalar va hokazo) talab kerakli bo’lgan darajaga yetmaguncha  amalga oshiriladi. Sug’urta bozoriga nisbatan bu funksiyaning qo’llanilishi potensial sug’urtalanuvchilarni tegishli sug’urta jamiyati yoki kompaniyasi taklif etayotgan xizmatlarga jalb etish uchun ruxsat etilgan tadbirlar va amallarni amalga oshirishda kuzatiladi. Ruxsat etilgan tadbirlar sirasiga maqsadli reklama, sug’urta hizmatlariga bo’lgan tariff narxlarining o’zgarishi, turli formadagi yuridik, texnik, tijoriy sug’urtalash xizmatlarini taklif etish kiradi.

Marketingning vazifasi nafaqat bozorni egallash, balki doimiy talabning mavjudligini control qilish, raqobat qilish holatida kerakli vaqtda sug’urta bozorini strategic va taktik o’zgartirish orqali boshqarishdan iborat. Sug’urta ehtiyojlarini qondirish sug’urtalash xizmatining sifati va xizmat ko’rstatishning yuqori madaniyati, sug’urta kompaniysi faoliyatining puxta tashkillashtirilganligi, sug’urtachining obro’sini ushlab turish orqali amalga oshiriladi.

Sug’urtalash xizmati madaniyati deyilganda sug’urtalanuvchining sug’urta kompaniyasi vakili bilan uchrashuvidan boshlab, barcha shart sharoitlar, majburiyatlar tushuntirilishi, oldi sotdi kelishuvlari, sug’urta xizmatidan foydalanish shartnomasining imzolanishigacha bo’lgan jarayon tushuniladi. Sug’urta kompaniyalari uchun asosiysi ularning ofisiga kelgan har bir mijoz kelajakda shu kompaniya xizmatlaridan foydalanuvchi sug’urtalanuvchi bo’lishidir. Bunda mijozning sug’urta kompaniyasida qanday kutib olishlari, sug’urt kompaniyasining vakili u bilan suxbatni qanday amalga oshirgani, ofis interyeri  mijoz tanlovida ahamiyatli rol o’ynaydi. Shuning uchun marketing xizmatida yuqori darajali sug’urtalash madaniyati kompaniyaning gullab yashnashida muhim ahamiyatga ega deb qaraladi. Barcha sohalarda, shuningdek sug’urtachilar orasida ham muvaffaqiyatning asosiy prinsiplaridan biri bu – mijoz doimo haq konsepsiyasidir.

Ammo shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, servis va kompaniyaning tashqi go’zalligin oshirish ham kam bo’lmagan mablag’ni talab etadi. Shuning uchun hm kompaniya raxbarlari oldida turadigan eng asosiy vazifa bu xizmat sifati va ketadigan mablag’ning eng optimal qiymatini belgilash.bundan tashqari sug’urtachining marketing bo’limi iqtisodiy mutanosibliklarni tekshirish, bozordagi o’zgarishlar xizmat ko’rsatishning iqtisodiy faktorig qanday ta`sir qilishini tekshirishlari lozim. Agar sug’urta xizmatlariga talab kamaysa, marketing bo’limi bu talabni oshirish uchun chora tadbirar qo’llashi lozim. Bu chora tdbirlarga sug’urta kompaniyasining imidjini yaxshilash, tariflarning narxlarini qayta ko’rib chiqish, xizmat ko’rsatish darajasini oshirish kabilar kiradi.

Marketingning asosiy vzifasi baribir sug’urta polislarini sotish (sug’urtalash shartnomalarini tuzish) promoushn (sug’urta xizmatlari sotilishini ta’minlash) bo’lganligi uchun, marketingda quyidagilarni aniq bilish lozim:

  • Potensial sug’urtalanuvchilar ehtiyojlarini bilish;
  • Sug’urta bozorida hozirgi vaqtda hukm surayotgan vaziyat;
  • Regiondagi iqtisodiy va ijtimoiy holat v tendensiyalar;
  • Sug’urta kompaniyasining tegishli holatda regionda muvaffaqiyatli ish olib borishini ta’minlovchi faktorlar;

Sug’urtalash marketingi berilgan regionni chuqur o’rganish, boshqa sug’urtachilar taklif qilayotgan xizmatlar bilan tanishib chiqish, ularning ustunliklarini aniqlash, aholining ijtimoiy qatlami qandayligini, ularning turmush tarzi qanday ekanligini baholashdan  kelib chiqib faoliyat ko’rsatishi lozim.

Potensial sug’urtalash maydonini (eng ko’p miqdordagi obyektlar- chet elga chiquvchi fuqarolar va avtochet elga chiquvchi fuqarolar ) to’g’ri baholashda marketing bo’limi bu yerning demografik, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa xususiyatlarini aniqlashi lozim. Shuningdek oilalarning o’rtacha kirimi, tijorat korxonalari soni, turizm sohasida mavjud o’quv dargohlar ham aniqlanadi. Bundan kelib chiqadiki marketing nafaqat sug’urta bozoridagi talabni o’rganish, balki bu talabni shakllantirish mexanizmi hamdir.

Marketingning tashkiliy qismlaridan biri ijtimoiy va ijtimoiy demografik tekshiruvlarni amalga oshirish (jismoniy va yuridik shaxslarning ehtiyojlrini so’rovnoma o’tkazish oreqali aniqlash). Bu tekshiruvlar anketa to’ldirish orqali, og’zaki tarzda tanlangan yoki ixtiyoriy shaxslar orasida o’tkaziladi.

Marketing strukturasi– elementlarining maqsadga yetishish uchun tegishli tarzda muvofiqlashtirilganligi. Sug’urta ishida marketingni tashkil etish tizimi sug’urtalash ko’rinishidan kelib chiqadi.

Marketingni tashkil etish tizimi – bu insonlarning (sug’urta agentlari, menedjer, brokerlar) doimiy harakatdagi o’zaro bog’langan aloqasi. Unda ma’lumotlar oqimi uzluksiz bo’lib, marketing tadbirlarini amalga oshirishdagi analiz, baholash va optimal tanlovni ta’minlaydi. Hozirgi kunda information ma’lumotlar bazasi asosida kompyuterlashtirilgan, marketing hisobotlari, ularning matematik statistikasi hisoblab chiqiladigan  marketing tizimlari yaratilmoqda. Kelib chiqqan natijalar asosida jismoniy va yuridik sug’urtalanuvchilarning tlabi ilmiy asoslangan konsepsiyasi paydo bo’lmoqda.

Marketing ma’lumotlari tizimi-  uzluksiz, doimiy, har doim yangilanib turadigan.

Amalda sug’urtachi marketingi quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:

    • Bozor konyunkturasini chuqur o’rganish;
    • Sug’urta bozorini segmentlarga ajratish;
    • Sug’urtalanuvchilar so’rovlariga darxol e’tibor qaratish;
    • Innovatsiyalar kiritish, yangi mahsulot turi yaratish.

Rivojlangan mamlakatlr hmda Rossiy Federatsiyasining malakali iqtisodchilarining sug’urta bozori borasidagi izlanishlarini tahlil etar ekanmiz, hozirgi kunda sug’urta kompaniyasining an’anaviy bo’linish tizimi unchalik samarador emasligi tasdiqlanmoqda. Shuning uchun kompaniyalar faoliyatini “operativ maqsad” prinsipi, ya’ni asosiy maqsad tovarni sug’urta  bozorida taqsimlash, sotish,  bo’yicha yangilash taklif etilmoqda. Bunda marketing bo’limi asosiy tashkil qiluvchi bo’lim bo’lishi lozim. Uning asosiy vazifalari:

    • Bozorni tahlil qilish;
    • Reklama;
    • tovarni sotish;
    • sug’urta polislari akvizitsiyasi.

Aytilganlarni umumiylashtirar ekanmiz, marketing mamlakat iqtisodiyotida bo’layotgan, hamda sug’urta bozoridagi o’zgarishlar natijasida sug’urta kompaniyasi moslashuvini ta’minlash va shu orqali sug’urta operatsiyalaridan maksimal foyda olish bilan shug’ullanadi.

Информация о работе Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati