Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 08 Мая 2013 в 11:42, реферат

Описание работы

O`tkan yillar statistikasi va amaliyoti shuni ishontirib tasdiqlaydiki, yildan yilga fuqarolarimizning yaqin va uzoq chet el safarlariga chiqish ko`rsatkichlari jadal ravishda o`sib bormoqda. Biroq oddiy chet elga chiquvchi fuqaro (sayyoh) yo`lga otlanar ekan, avvalambor, o`zga mamlakatning go`zal tabiati, tog`larning viqori, sof havosi, chang’ida uchish, Misr ehromlarini ko`rish, ajabtovur o`simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi bilan tanishish , Karib dengizining tiniq, toza suvlarida cho`milish, bir so`z bilan aytganda, faqat yaxshi va yoqimli narsalar to`g`risida o`ylaydi, oldiga dunyoni ko`rish, o`zga mamlakat madaniyati bilan tanishish, tinch, zavq bilan dam olishni, sog`ligini musthkamlashni maqsad qiladi.

Файлы: 1 файл

chet elga chiquvchi fuqarolar sug'urtasi.doc

— 2.16 Мб (Скачать файл)

Rossiya bozorida yuqori mavqega ega “Harbiy sug`urta” kompaniyasi yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini o’ylab tuzilgan  yangi turdagi xizmatlar va sug’urta dasturlarini taklif qilmoqda.

Econom class polisi:

  • Favqulodda tibbiy xizmat ko’rsatish, davolanish kursi;
  • Tibbiy maskanga yetkzish, tibbiy marshrut;
  • O’lim holatida tanani peneatriyasi qilish zaruriyati bo’lsa

Business Card polisi, Econom klass polisining barcha xizmatlarni ichiga oluvchi,

jumladan,

  • Tezkor favqulotda tish og’rig`i davolanishi harajatlari

Biznees Klass polisi xizmatlari ichida mavjud VIP sug’urta polisi

  • Sug`urta hodisasida tibbiy xizmat zarur bo’lgan mijozni kuzatib boruvhi shaxs harajatlari;
  • Mijozning vaqtidan ilgari, majburiy vataniga qaytishini tashkillshtirish va harajatlarini amalga oshiradi.
  • Sug’urtalangan shaxsning farzandlari qarovsiz qolishi holatida ularni o’z vataniga yuborish harajatlarini qoplaydi
  • Sug`urtalangan shaxsning huquqiy administrativ manfaatlarini himoya qilish
  • Hujjatlar yo’qolishi sababli vujudga kelgan muammolarni hal qilish

Avtotransport sug’urta dasturi sayohat davomida avtomobil bilan bog’liq hodisalarga mijozning tushib qolishgan endi. Shuningdek ba`zi kompaniyalar fuqarolik sug’urtasini taklif qiladi. Sayohatda shu tufayli keltirilgan zararni qoplaydi, yuridik xizmat ko’rsatadi.

 

6.2.2 Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilishning ba`zi maxsus ko’rinish va turlari

Bu sug`urtalash turi sayohatning noqulay ob havo sharoiti tufayli vujudga keladigan noqulayliklar, brogan manzildan hech qayerga chiqa olmaslik, rejalashtirilgan amallarning o’xshamay qolishidan sug`urta qilish, shuningdek ba`zi sabablar tufayli turning annulyatsiya qilinishi (mijoz yoki uning yaqin qarindoshining kasallanishi, sud javobgarligi va boshqalar ) jarimasini to’lashni o’z bo’yniga oladi. Amaldagi qonunchilik doirasida va ijro etuvchi hokimiyatning  sug’urta faoliyatiga mas`ul  organning joriy huquqiy normative aktlariga  zid kelmagan holda mustaqil ravishda sug`urtachilar har bir sug’urtalash turining qonun qoidasini ishlab chiqadilar. Shuning uchun sug`urta kompaniyasi bilan kelishuv shartnomasini imzolashdan avval, potensial chet elga chiquvchi fuqaro bu qonun qoidalar bilan tanishib chiqishi va safar mobaynida ularga amal qilishga majbur.

Rossiyada sayohatchilarni (chet elga chiquvchi fuqarolar) sug’urta qilish nisbatan yangi ko’rinishni kasb etadi. U 90-yillar boshlarida, mamlakatda chetga chiqish urflashayotgan paytda, chet elga chiquvchi fuqarolarimiz hayotning achchiq haqiqati bu dunyoda faqat o’ziga ishonib suyanish mumkinligin anglayotgan bir vaqtda vujudga keldi.

Sug`urta boshqa davlatga chiqishda majburiy bo’lmasada juda zarurdir. Safarga chiquvchilar odatda o’zlarining syohatlari to’g’risida ma’lumot to’plar ekanlar, qayerda yashaydi, nima iste’mol qiladi, qaysi joylarni ziyorat qiladi va boshqalar haqida bosh qotiradi. Ammo kamdan kam chet elga chiquvchi fuqaro qaysi sug’urta kompaniyasi polisini xarid qildim,baxtsiz hodisa bo’lsa bu kompaniya tegishli yordamni tashkillashtira oladimi, kerakli xizmatlar ko’rsatiladimi, sug’urta holati sodir bo’lsa nima qilish kerak, shu kabi fikrlarni hayoliga keltiradi. Natijada sug’urta holati sodir bo’lsa, chet elga chiquvchi fuqaro mutlaqo o’zini tutishni bilmay qoladi.

Keltirilgan savollarga o’z vaqtida javob topish va sug`urta hodisasiga tayyor bo’lish  chet elga chiquvchi fuqaroga kutilmagan vaziyat vaqtida juda asqotishi tabiiy. Bunda eng muhimi sug’urta kompaniyasi va sug’urtalash sxemasi to’g’risida chet elga chiquvchi fuqaro bilan batafsil suhbat olib borilishidir. Hozirgi kunda asosan 2 xil tartibda sug`urtalash amalga oshiriladi.

Birinchi sxemada (kompensatsion) sug`urta holati sodir bo’lganda chet elga chiquvchi fuqaroning o’zi tibbiy, yuridik, transport xizmatlariga haq to’laydi va vataniga qaytganda sug’urtalash kelishuvi amalga oshirilgan sug’urta kompaniyasiga tegishli hujjatlarni (sug’urta akti, hisobotlar, cheklar va boshq.) taqdim etadi. Agar hujjatlar hqiqiyligi tasdiqlansa, sug’urta kompaniyasi zarar miqdorini belgilaydi va mijoz  o’z pulini qaytarib oladi. Agar sug’urta kompaniyasi tomonidan zararni to’lash rad etilsa, ish fuqarolik sudida hal qilinadi.

Bunday sug’urtalash tartibining eng katta salbiy jihati chet elga chiquvchi fuqaro bu holatda o’zi bilan doimo kata miqdordagi pulni ko’tarib yurishiga to’g’ri keladi. Ikkinchi slbiy tomoni chet elga chiquvchi fuqaroning vataniga qaytganida o’z pulini qaytarib olishining kafolatlanmaganligidir.    Bunda sug’urtachilar ba’zi bir sabablarni vaj qilib pulni qaytarishdan bosh tortishi mumkin.  Shu sababdan bu sug’urtalash tartibi psevdo sug’urtalash” deb atalib, hozirgi kunda kam qo’llaniladi.

Ikkinchi sxemada (servisli, qo’llab quvvatlash) sug’urtalash xizmati kamida 2ta kompaniya shartnoma tuzilgan mahalliy su’g’urta kompaniyasi va uning chet davlatlaridagi hamkorlari, bir nechta assistance kompaniyalari tomonidan ko’rsatiladi. Bunda mijoz sug’urta kompaniyasiga faqat sug’urta holati haqida ma’lumot bersagina bo’ldi. Keyinchalik hamma vazifalarni assistance kompaniyalari o’z bo’yniga oladi.

 

6.3 Assistance sug’urta kompaniyalari

Sug`urta polisida biron bir sug`urta holati amalga oshsa, polis sohibi maxsus bo’lim- qayd etilgan assistance servis kompaniyasining dispetcher markaziga qo’ng’iroq qilishi lozimligi ilova qilingan. Hususan, shu qo’ng’iroqdan keyin sug`urtalangan shaxsga yordam ko’rsatish mexanizmi ishga tushadi. Ko’rsatilgan telefon raqamini esa mubolag’asiz sug’urta xavfsizlik xizmati deb aytsa bo’ladi. Xo’sh bu kompaniya o’zidan nimani kasb etadi va u qanday faoliyatni amlga oshiradi?

Bu biznesning tarixi o’tkan asrning 50-yillaridan, xorijda odamlar migratsion yoki harbiy sabablarga ko’ra ko’chib ketishi kamayib, balki sayyohlik uchun bir davlatdan boshqa davlatga o’tishni boshlaganlaridan boshlanadi. Yangi Dunyo sayohatchilari eskisiga safar uyushtira boshladilar, yevropaliklar urushdan oldingi marshrutlarni qayta tiklashga erishdilar. Shu bilan birga o’zimizning zaifligimizdan hayron edik.Afsonaga ko’ra, bir kuni Kanadalik badavlat sayyoh Fransiyada baxtsiz hodisa qurboni bo’ldi. U yiqilib hushini yo’qotgan, uyg’onganida esa hamyonining ham yo’qligini aniqladi. Tabiiyki, unga yordam ko’rsatilgan va u kishi bu yordam uchun tegishli haq to’lagan.Holat o’z yechimini topgan. Ammo vataniga qaytgach bu hol uni sayyohlarga yordam ko’rsatuvchi xizmatni tashkil etish va unga pul sarflash fikriga keltirdi. Deyarli bir vaqtning o’zida Yevropa va Amerikalarda bir qator kompaniyalar paydo bo’ldi. Ularning har birining nomida assist so’zi ishlatilgan. Assist- inglizcha yordm ko’rsatish degan ma`noni anglatadi. Darhol butun dunyo bozorida sug’urta xizmatlari orasida raqobat boshlandi.

U yoki bu kompaniya bilan bo’lgan hamkorlik sug`urta kompaniyasining haqli ravishda  raqobatbardoshliligini oshiradi. Sug’urtalanganlar mamnunligi, ularning  xavfsizligi 99% sug`urta kompaniyalarining hamkorlari chet davlatidagi assistance sug’urta kompaniyalariga bog’liq. Bu xizmatning eng asosiy vazifasi kutilmagan holatlarda chet elga chiquvchi fuqarolarga zudlik bilan tibbiy, yuridik, texnik, ma`muriy va boshqa yordamlarni ko’rsata olish.

Chet elga chiquvchi fuqarolar bilan shartnoma tuzadigan ularga xizmat ko’rsatadigan sug’urta kompaniyalari odatda bir nechta servis kompaniyalari assistorlar ko’rinishida turli davltlarda o’z hamkorlariga ega bo’ladi. Assistorlar professional tilde yordam ko’rsatuvchi kompaniyaning atalishi. Bu u yoki bu holatdan chiqishda asqotadi.

Ba’zi bir sug`urta kompaniyalari o’zlarining yordamchi kompaniyalarini tashkil etishgan. Sug’urtalangan shaxsga yordam ko’rsatish texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi: chet elga chiquvchi fuqaro- turfirmaning mijozi, turfirma vositachiligida taklif qilingan yoki o’ziga yoqgan xorijiy sug`urta kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi.  Sug`urta holatida u assistor dispetchetrlik markazi navbatchi operatoriga ma’lumot bildiradi, ya`ni qayerdaligi, nima sodir bo’lganini aytadi. Operator jabrlangan oldiga correspondent,maxsus mutahassisni yuboradi, unga yordam ko’rsatish operatsiyasi tartibi tushuntiriladi. Korrespondent eng yaqin tibbiy maskanni topadi va u yerda davolovchi vrach bilan ko`rsatilishi lozim bo’lgan yordam to’g’risida kelishib oladi. Xizmatlar haqini assistor amalga oshiradi, u bilan sug`urtachi o’rtasida tegishli shartnoma, kelishuv tuzilgaan bo’ladi. Barchasi mantiqiy va har bir bo’g’inning o’z vazifasini to’g’ri bajarishiga qarab sifatli va ishonchli ham.

Tabiiyki, hech qaysi servis kompaniyasi, juda keng yoyilgan xalqaro korrespondentlar tarmog’iga ega emas. Shuning uchun amalda barcha servis kompaniyalar o’zaro hamkorlik kelishuvlari bilan o’zaro bog’langanlar. Bu o’z navbatida global assistorlar tarmog’ini keltirib chiqardi, shu bilan birga uning tarkibiga Rossiya sug`urta xizmatlari bozori ham kirgan. Sug’urtalanganlarga xizmatlar assistorlar bilan shartnoma tuzgan tibbiyot maskanlari, xususiy vrachlar, transport tashkilotlari, avtomobil ijarasi byurolari tomonidan ko’rsatiladi. Bu haqli ravishda butunjahon qutqaruv xizmatidir.

Servis kompaniyasi nihoyatda mukammal mexanizm bo’lib, 24sotlik operatorlik xizmatidan tashqari sug`urtalangan shaxsga yordam ko’rsatishga ko’maklashuvchi boshqa zudlik bilan ko’rsatiladigan xizmatlarni ham amalga oshiradi.

Sayyoramizning turli qismlarida bu kompaniya o’zining kadrlar bo’limi, moliya, tijorat, logistika, texnologiya, information bo’limlariga ega, bundan tashqari vrach ekspertlar ham.

Rossiya sug`urta xizmatlari bozorida mijozlar tomonidan eng ko’p xarid qilinadigan bu tibbiy assistance dir. U vrach ko’rsatmasiga doir bo’lgan davolanish narxini to’laydi, maxsus transportirovka va kasallangan fuqarolarni shifoxonaga joylshtirish, vrach va tibbiy personal ish haqi, dori darmon narxi ham shuning ichida. Agar tibbiy ko’rsatma bo’yicha bemorga keyinchalik yana qandaydir davolanish yoki uyiga qo’yib yuborish kerak bo’lsa bemorni joyidan ko’chirish ham to’lanadi.

Tibbiyot xizmatidan tashqari ko’pchilik assistanslar boshqa yana bir nechta xizmatlarni taklif qiladi, ya`ni qo’shib aytganda superassistansni taklif qiladi.

    • Jabrlanganning repatriatsiya qilish va yashash manziliga yetkazish;
    • Yukni jo’natib yuborish;
    • Advokat yollash;
    • Yoz va qishda jabrlanuvchilarni tog’lardan qidirish, topish.

Yo’l transport hodisasi, yo’lda bo’lgan baxtsiz hodisalarda sayohatchilarga quyidagi xizmatlar ko’rsatiladi:

    • Avtomobilni texnik xizmat ko’rsatish bo’limiga yetkazish, remont uchun ketuvchi yetkazilgan zararni qoplash;
    • Transport yaroqsiz holatga keltirilsa mijoz va uning sheriklarini uyiga yetkazish uchun transport havola qilish;
    • Tezkor ravishda ehtiyot qismlarni almashtirish jarayonida turar joy harajatlarini qoplash.

Bundan tashqari aviayukni sug’urtalashni, chet elga chiquvchi fuqaroning favqulodda uyga qaytishi, tog’larda yo’qolib qolgan chet elga chiquvchi fuqarolarni qidirishni o’z ichiga oluvchi assistanslar ham bor.

 

Qo’llab quvvatlash kompaniyalari

Bu kompaniyalar o’zidan yuqori darajali mutahassislariga ega, butun dunyoda yoyilgan hamkorlar tarmog’iga ega bo’lgan kompaniya. Bu yerda mijozlarga yuqori darajada, malakali tezkor yordam ko’rsatishadi.

   Tariflangan xizmat asosiy hisoblanib, mijoz  o’zini safar mobaynida xavfsiz va qulay his qilishi uchun qo’shimcha xizmatlarni harid qilishi mumkin, ular esa sug’urta dasturiga kiritiladi.

Quyida bu hizmatlardan bir nechtasini ko’rsatib o’tamiz:

  • Hayotni sug’urta qilish. Baxtsiz hodisa tufayli sug’urtalangan shaxs hayotdan ko’z yumsa kompaniya uning yaqin qarindoshlariga sug’urta qoplamasini, bu qoplamada belgilangan limitning 100 % miqdorda to’lab beradi.
  • Sug’urtalanganning oila a’zolarini favqulotda transport harajatlarini qoplash. Masalan, bir ayol farzandlari bilan safarga chiqdi. U bexosdan kasallanib shifoxonaga tushib qoldi. Bolalar yolg’iz qoldilar. Shunda ularning otasi tezda bu davlatga uchib kelishi va ularni o’z vataniga olib ketishi kerak. Buning barchasi oila byudjetidan qoplanadi. Agarda ayolning sug’urta dasturi yuqoridagi hizmatlarni o’z ichiga olganda yo’l harajatlari sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanardi.
  • Avtohalokatdan so’ng yuridik qo’llab quvvatlash va ssuda.

Yana bir holatni tasavvur qilaylik. Sug’urtalangan chet elga chiquvchi fuqaro ijaraga mashina oldi va avtoxalokatga uchradi. Unga yuridik yordam zarur. Bunday holatda sug’urta kompaniyasi nafaqat yordamni taklif etadi, balki uning hizmat haqini to’laydi. Agar sug’urtalangan shaxs avariya tufayli qamoqqa tushsa yoki ozodlikdan mahrum etilishi mumkin bo’lsa, sug’urta kompaniyasi unga pul evaziga chiqish uchun ssuda taqdim etadi.

  • Bagajni sug’urtalash. Sug’urtaning bu turi – sug’urtalangan shaxs shaxsiy buyumlarini - avtotransport vositalarisiz yuk bo’limiga solingan yoki qo’lda olib ketayotgan, chet el mehmonxonasida qoldirgan buyumlarni  tushuniladi. Sug’urta holatlari sifatida buyumlarini o’g’irlanishi, bagajga zarar etkazilishi yoki shuningdek, yukni sug’urtalashda sug’urta kompaniyasi shaxsiy hujjatlar, pul, qimmatbaho qog’ozlar, zargarlik buyumlari va san’at asarlariga yoki uning qandaydir qismiga ma’suliyatni o’z  bo’yniga olmaydi. Tegishli pul qoplamasini undirish uchun sug’urtalangan shaxs, joyida yo’qolgan buyumlarni (zararlangan buyumlar) qayd qilish hujjatlarini tuzist tashkillashtirishi lozim. Bu hujjatlar rasmiylashtirilisida transport tashkiloti xodimlari, sayyohlik guruhi boshlig’i, mexmonhona administratori yoki mahalliy qonun himoya organlari xodimlari bo’lishi lozim.
  • Sayohatga chiqa olmaslik holatidan sug’urta. Keling, mana buholatni ko’raylik. Mijoz chet elga chiquvchi fuqaroik yo’llanmani ancha oldin xarid qiladi, lekin sayohatdan oldin sodir bo’lgan ba’zi-bir kutilmagan holat tufayli bu sayohatga bora olmaydi. Chet elga chiquvchi fuqaroik kompaniya jarima sanksiyalariga ko’ra chet elga chiquvchi fuqaro  yo’llanma pulini 100% gacha yo’qotishi mumkin. Bu holatda sug’urta kompaniyasi yordamga keladi. Kompaniya, shuningdek sayohatning muddatlari  bilan bog’liq harajatlarni quyidagi holatlarda qoplaydi:
  • O’lim,  kasallik, sug’urtalangan shaxs yoki yaqin qarindoshlari jarohati;
  • Sud jarayonini sayohat paytida amalga oshirilishi kerak bo’lsa, sud qaroriga ko’ra sudlangan shaxs unda ishtirok etishi lozim bo’lsa;
  • Harbiy hizmatlarni o’tash uchun chaqiruv qog’ozi bo’lsa;
  • Sudlangan shaxs uy-joyi, mol-mulki uchichi shaxs tomonidan qasddan yoqib  yuborilsa yoki boshqa harakatlar sodir etilsa;
  • O’z  vaqtida topshirilishiga qaramay vizani ololmaslik

Agar sayohatni amalga oshirishda turfirma tufayli yoki qabul qiluvchi tomon kelishilgan majburiyatlarni bajarmasa, sug’urta kompaniyasi tomonidan kompensatsiya to’lanmaydi.

Bu va boshqa turdagi sug’urta xizmatlarini qator Yevropada va butun dunyoda syg’urta komnaniyalari:   Elvia, GESA, Roland Assistance, COKIS, SOSAssistance, MercureAssistance va boshqalar taklif qiladi.

Shveysariya sug’urta kompaniyasi Elvia, Rosgosstraxning tibbiy va avtomobil assistans xizmatlarini amalga oshirishadi, shuningdek chet elga chiquvchi fuqaro repartatsiyasi va tanani tashishda kuzatib ketuvchilarni tashishda hamkordir.  Avtomobil o’g’irlanish holatida, shuningdek avariyada avtomobil yaroqsiz holatga kelib qolgan bo’lsa, firma haydovchi va yo’lovchilarni vataniga qaytishlarini to’lab beradi.

Eng kata fransuz kompaniyasi GESA tibbiy polislardan tashqari uy assistansini taklif qiladi, bir necha qo’shimcha xizmatlarni taklif qiladi:

  • Qarovsiz qolgan bolalarni evakuatsiyasi;
  • Chet elga chiquvchi fuqaroni yoki yaqin qarindoshni uyga qaytishini tashkillashtirish va bu harajatlarni qoplash;
  • Qasddan qilinmagan qonunbuzarlik sharoitida yuridik yordam ko’rsatish;
  • Huljjatlar yo’qolishi, bilet yoki yukni adashib boshqa manzilga jo’natishda mamuriy yordam ko’rsatish.

GESA kompaniyasi bilan Rossiya sug’urta bozorida faol tarzda Plansta Fond, Dina, EvroPolis, Viktoriya va boshqalar. Hozirgi vaqtda GESA 5 mintaqada 60 ta mamlakatlarda xizmatlar ko’rsatadi, u o’z faoliyatini 24 ta dispetcherlik markaz va 600 dan ziyod xodimlari (vrach, yurist, chet elga chiquvchi fuqaroik agentlar), bilan tashkil etadi. 

Tibbiy assistans taklif etadigan “Eventa” bilan hamkorlik qiladigan nufuzli Roland Assistance (Germaniya) sug’urta kompaniyasidir. “Eventa” sug’urta kompaniyasi polisi transnational pul E80 da 100 merd y.e capital bilan sug’urtalangan.

Shuning uchun ham bu kompaniya mijozlarga kichik cutkalik tariflarda sug’urta qoplamasini taklif qiladi.

50 mamlakatda qo’llangan bo’lib,  05-155 minutgan telefon qo’ng’roqlarini bepul amalga oshirish mumkin. Sug’urta holatida polisda ko’rsatilgan telefonga qo’ng’iroq qilib yordam olish mumkin.

Azaldan faoliyat yuritib kelayotgan Indosstrax ros sug’urta kompaniyasi chet eldagi hamkorlari Mercury Assistance va France Siocours bo’lib, ular turizmning ambulator va statsionar davolanishni qoplaydilar. Hamda Ingosstax katta limitli 75-100 y.e. sug’urta polisini va kichik 10-25 y.e.   sug’urta polisini sotadi.

Biroq barcha potensial chet elga chiquvchi fuqarolar bilishi lozimki, barcha  assistance kompaniyalar sug’urta qoplamasidan chiqarib, ma’suliyatni o’z bo’yniga olmaydigan, harajatlarni qoplamaydigan 2 holat bor:

  • Xronik kasallliklarni davolash, chet elga chiquvchi fuqaroning axvoli kasallik tufayli og’irlashib, hayotiga xavf solishi bundan mustasno;
  • Profilaktika va konsultatsiya;
  • Stomatologiya va ko’z jarroxligi (favqulonda holatlardan tashqari);
  • Plastic operatsiyalar va boshqalar.

Barcha assistance xarid qilingan polis miqdoriga qarab chet elga chiquvchi fuqaroik guruhlarga chegirmalar qiladi. Ko’pincha 5 dan 16 yoshgacha bo’lgan bolallarga chegirmalar qilinadi, ammo 60 yoshdan polis qiymati 1.5 marta ortadi, 75 yoshdan kattalarga 3 marta ortadi yoki umuman sotilmaydi. 

 

Qisqa muddatli shopturlarga yo’l olgan, sug’urta qoplamasi 500-3000 AQSH dollari bo’lgan, chet elga chiquvchi fuqarolarning tibbiy xarajatlari,  bu harajatlarni, sug`urta holatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etiganda,  mamlakatga qaytib kelgandandan so’nggina qoplanadi. Misol sifatida katta xalqaro AXA Assistance servis kompaniyasini olsak. Bu kompaniya rus sug`urta bozorida Inter Partner brendi ostida ham mashhur. “Turbiznes” jurnali korrespondenti kompaniyaning Myunxen bo’limida bo’lib qaytdi. Bosh ofis Parijda joylashgan va unda 550 mutahassis ishlaydi. Kompaniyaning boshqa bir yirik ofisi Londonda joylashgan. U yerda 350 xizmatchi faoliyat yuritadi. Kompaniya 1959 yilda tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda 3000dan ziyod inson bu yerda ish bilan band. Servis kompaniyasining hamkorlari bu sug`urta kompaniyalari, yoki yirik tizim va korporatsiyalardir. AXA Assistance da ulr: xalqaro pul to’lash tizimlari American Express, Europay, Mastercard Platinum, Diners Club plastic kartalari egalari, Renault, Daewoo korporatsiyalari xodimlari, dunyoning 71 mamlakatidagi sug`urta kompaniyalari mijozlaridir. Servis kompaniyasi, harbiy holat e’lon qilingan davlatlardan tashqari deyarli har yerida o’z xizmatlarini taklif etadi.

Dunyoning qaysi burchagida bo’lmasin, AXA kompaniyasi xizmatlaridan foydalnanish huquqiga ega chet elga chiquvchi fuqarolar Myunxendagi call centre ga o’zlarining muammolari haqida xabar bera olishlari mumkin. Xizmatchilar umumiy hisobda 14ta turli tilda gaplasha oladilar, majburiy, bilishi lozim bo’lgan tillar ingliz va nemis tillaridir.  Deyarli butun xizmat ko’rsatish tizimi, telefon qo’ng’irog’idan to sug’urta kompaniyasiga hisobot berishgacha avtomatlashtirilgan, va tekshirilib boriladi. Har bir qo’ng’iroq magnit tasmaga yoziladi, mijozning arz qilishi holatida foydalaniladi.

Operatorga qo’ng’iroq qilib tushgandan so’nggi dastlabki soniyalardan, operator sug`urta hodisasi sodir bo’lgan joydan eng qisqa masofada joylashgan mutahassis bilan bog’lanadi va unga xizmatlardan foydalanish to’g’risida so’rov haqida xabar beradi. Bu degani, jarayon online tarzda amalga oshiriladi. Mutahassis tegishli muassasalarga xabar beradi va ko’rsatmalar beradi. Asosiy ko’rsatiladigan xizmat avtomobil hodisalari- avtomobil kalitini yo’qolib qolishidan avtohalokatlargacha 49%; qolgan xizmatlar:

  • Tibbiy assistans- 29%;
  • Yuridik yordam- 9%;
  • Bolalarga qarab turish va boshqalar.-13%;

Sug`urta servis kompaniyasining hayotida logistika va informatika

bo’limlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni kompaniyaning bosh miyasi deb atasa ham bo’ladi, yangi texnologiyalarni kiritish, yangi information mahsulotlar yaratish, operativ qaror qabul qilishda muhim rol o’ynaydi.

Logistika va informatika bo’limlari bosh miya bo’lsa, moliya va ma’muriy

bo’limlar qon va nerv sistemalaridir. Moliya bo’limi barcha kiruvchi va chiquvchi harajatlar hisobotini yuritadi, moliyaviy balansni tekshiradi. Ma’muriy bo’lim esa koordinatsion va boshqaruv funksiyalarni amalga oshiradi. Bu bo’limning asosiy vazifasi butun tizimning to’g’ri va aniq faoliyatini ta’minlashdir.

Marketing va tijorat bo’limi sug`urta xizmatlari bozorini o`rganib chiqib, nimaga talab yuqoriligini aniqlaydi.  Sug`urta kompaniyalari bilan kelishuv, shartnomalar tuzadi. Turli mamlakatlarda sodir bo’lgan sug`urta holatlari statistikasini amalga oshiradi. Reklama information dasturni amalga oshirish ham shu bo’lim zimmasiga yuklatilgan.

Hech kimga sir emaski bunday tizimning xatosiz ishlashi uchun yuqori malakali mutahassislarsiz ta’minlab bo’lmaydi. Personal yuqori darajada zamonaviy hisoblash texnikalarini ishlata oladigan, marketing va menejmentning asosiy qonunlarini bilishi, asosiy tillarni (ingliz, xitoy, nemis, ispan, yapon) bilishi kerak. Bu kadrlarni AXA servis kompaniyasining kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’limi amalga oshiradi.

Tibbiy servis kompaniyaning vrachlar va tibbiyot muassalari bilan bog’lanishni tashkil qiluvchi operatorlik faoliyatiga kiradi. Shuningdek, American Express xodimlariga 24soatlik dispetcherlik va xizmat ko’rsatishni amalga oshiradi.

 

 

 

6.4 Sug`urta holatida chet elga chiquvchi fuqarolarning harakatlari

       Chet elga chiquvchi fuqaroik yo’llanmada ko’rsatilgan joylarda ovqatdan zaharlanish, kasallikka chalinish, jarohatlanish, baxtsiz hodisaning sodir bo’lishida amalga oshirishi kerak bo’lgan harakatlar:

Sugurta holati sodir bo’lgan daqiqadan boshlab 24 soat ichida o’zi yoki chet elga chiquvchi fuqaroik sayohat guruhi raxbari orqali sug’urta polisida ko’rsatilgan telefon, telefaks va boshqalar  orqali servis xizmatning dispetcherlik markaziga qo’ng’iroq qilishi va quyidagilar haqida ma’lumot berishi lozim:

  • Jabrlanganning ism sharifi, sug`urta polisining raqami va amal qilish muddati;
  • Manzil, telefon yoki telefaksning raqami;
  • Qisqacha nima bo’lganini, diagnozni aytish.

Telefon qo’ng’irog’i sug’urta kompaniyasining hisobidan amalga oshiriladi. Servis kompaniyasi bilan o’z vaqtida bog’lanish,  holat haqida to’g’ri ma’lumot berish, va hujjatlarni to’g`ri rasmiylashtirish sug’urta qoplamasining undirilib olishining asosi hisoblanadi.

Информация о работе Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati