Aktsiz solig'ining iqtisodiy mohiyati va vujudga kelish hamda rivojlanish tarixi

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 15 Апреля 2013 в 21:10, реферат

Описание работы

Soliq tizimida eng ichki o'zgaruvchan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ko'plab omilllari bilan to'qnashuvchi soliq bu - aktsiz solig'idir. Shu bois, aktsiz solig'ining mohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga bog'liq holda o'rganish eng dolzarb muammolardan bo'lib kelmoqda. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, aktsiz solig'ining mohiyati doimo egri soliqlar doirasida o'rganib chiqilgan. Aktsiz solig'i egri soliq bo'lganligi sababli uning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar o'rtasida vujudga keluvchi ob'ektiv majburiy to'lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Shu bois, aktsiz solig'i o'ziga xos fiskal iqtisodiy kategoriya sifatida qaralishi lozimdir.