Aktsiz solig'ining iqtisodiy mohiyati va vujudga kelish hamda rivojlanish tarixi

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 15 Апреля 2013 в 21:10, реферат

Описание работы

Soliq tizimida eng ichki o'zgaruvchan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ko'plab omilllari bilan to'qnashuvchi soliq bu - aktsiz solig'idir. Shu bois, aktsiz solig'ining mohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga bog'liq holda o'rganish eng dolzarb muammolardan bo'lib kelmoqda. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, aktsiz solig'ining mohiyati doimo egri soliqlar doirasida o'rganib chiqilgan. Aktsiz solig'i egri soliq bo'lganligi sababli uning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar o'rtasida vujudga keluvchi ob'ektiv majburiy to'lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Shu bois, aktsiz solig'i o'ziga xos fiskal iqtisodiy kategoriya sifatida qaralishi lozimdir.

Файлы: 1 файл

AKTSIZ SOLIG.doc

— 131.50 Кб (Скачать файл)

AKTSIZ SOLIG`I


1. Aktsiz solig'ining iqtisodiy mohiyati va vujudga kelish hamda rivojlanish tarixi.

Soliq tizimida eng ichki o'zgaruvchan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ko'plab omilllari bilan to'qnashuvchi soliq bu - aktsiz solig'idir. Shu bois, aktsiz solig'ining mohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga bog'liq holda o'rganish eng dolzarb muammolardan bo'lib kelmoqda. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, aktsiz solig'ining mohiyati doimo egri soliqlar doirasida o'rganib chiqilgan. Aktsiz solig'i egri soliq bo'lganligi sababli uning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar o'rtasida vujudga keluvchi ob'ektiv majburiy to'lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Shu bois, aktsiz solig'i o'ziga xos fiskal iqtisodiy kategoriya sifatida qaralishi lozimdir.

Aktsiz solig'i rivojlangan xorijiy davlatlarda ham davlatning umum soliq siyosatida muhim o'rin egallab kelmoqda. Respublikamizda qo'llanilaetgan aktsiz solig'i chet davlatlardagi aktsiz solig'i bilan o'xshash tomonlarga, shu jumladan o'ziga xos xususiyatlarga ham egadir:

-soliqqa tortish ob'ekti bo'lib, belgilangan stavkadagi aktsiz solig'i summasini o'z ichiga olgan aktsiz osti tovarlarining sotish (shartnomaviy) narxi hisoblanadi. Aktsiz stavkasining bunday tartibda o'rnatilish mexanizmi tarixiy shakllanib, o'zini doimo oqlab kelgan.

U muayyan psixologik mazmunga ham ega, ya'ni u 100 foizdan kam bo'lgan stavkada shartnomaviy sotish narxidan 4-5 marta ko'p bo'lgan aktsiz solig'i summasini olish imkoniyatini beradi.

Demak, aktsiz solig'i korxona mahsulotlari va xizmatlari bahosi ustiga yoki tarifiga ustama shaklda to'g'ridan to'g'ri kiritiluvchi egri soliq turi tushuniladi. Aktsizlar sotilayotgan mahsulot yoki xizmatlar bahosi ustiga ustama shaklida qo'yiladi va ularning pirovard to'lovchisi bo'lib iste'molchi hisoblanadi.

Mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, asosiy egri soliqlardan biri bo'lgan aktsiz solig'ining kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi xususida to'xtalamiz. Dastlab egri soliqlar ayrim tovar turlari (tuz, tamaki, aroq mahsulotlari, gugurt, shakar va boshqa keng iste'mol mollari)ga aynan aktsiz solig'i ko'rinishida namoyon bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan aktsiz osti tovarlari ro'yxati kengayib borgan. O'z-o'zidan ma'lum bo'ladiki, soliqqa tortishning aktsizli shakli keng xalq ommasi iste'molidagi ommaviy tovarlarni soliqqa tortish jarayonidagina samara berishi mumkin bo'lgan.

Qadimda aktsizlarni boshqa nomlar bilan boj, to'lov, yig'im yoki sodda qilib soliq deb  atashganlar.  Aktsizlarning  o'sha  davrda  amal  qilgan  soliqqa tortish

mexanizmi to'g'risida taxminiy ma'lumotlar mavjudligi uning ilk paydo bo'lgan davrini aniqlashga imkon bermaydi. Masalan, xalq tribunlari Tiberiy va Gay Grakxov (er. av. 162-133 va 153-121 yy.) davrlarida Rim g'aznasiga qullarni ozod etishdan, shu bilan birga o'z shaxsiy iste'moli uchun zarur bo'lmagan tovarlarni dengiz orqali Rimga olib kelinishdan yig'imlar tushib turgan. I tern i drugim, po sushchestvu, oblagalis predmeti roskoshi.*

Qadimgi Misrda Xll-XIIIchi sulolalar davrida(er. av. ikkinchi ming yillik) pivoga soliq solingan. Albatta, bu to'lovlar hozirgi talqindagi aktsizlar bo'lmasligi mumkin, lekin ularni aktsizlarning dastlabki namunalari sifatida e'tiborga olish lozimdir.

Tarixiy manbalarga ko'ra, Angliyada Kromvel davrida respublikaning yigirma yil amal qilishi davomida aktsizlarning ikki yuzga yaqin turi joriy etilgan. Bunda har xil turdagi ob'ektlar soliqqa tortilgan, masalan, poxol kukuni yoki yog' uchun quti idishlar shular jumlasidandir. XXI asrda Gollandiyada egri soliq turlari shunchalik ko'p ediki, tarixchi de-Vitta so'zlariga qaraganda, mehmonxonada tortiq qilingan baliq bo'lagiga 34 xil aktsiz to'g'ri kelgan.

Demak, aktsizlar, bojlarni hisobga olmaganda soliqqa tortishning eng qadimgi shaklidir.

"Aktsiz" frantsuzcha accise, lotincha accidere so'zlaridan olingan bo'lib, tarjima qilinganda «kesib olish» ma'nosini anglatadi. O'zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida aktsiz solig'iga quyidagicha izoh berilgan: «aktsiz solig'i sof daromadning narxda va qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan bazada hisobga olinadigan, egri soliq sifatida byudjetga o'tkaziladigan (undiriladigan) bir qismidan iboratdir. Bizning fikrimizcha, aktsiz solig'i sof daromadning emas, balki yuklab jo'natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida byudjetga yo'naltirish shaklidir.

Egri soliq sifatida aktsiz solig'ining qo'shilgan qiymat solig'idan farqlanuvchi xususiyatli jihatlarini aytib o'tish maqsadga muvofiqdir, ya'ni:

aktsiz solig'ida cheklangan turdagi aktsizosti mahsulotlarini sotish oboroti

soliqqa tortiladigan ob'ekt bo'lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, qo'shilgan

qiymat solig'idagi soliqqa tortish ob'ekti bo'lgan ish va xizmatlar aktsiz solig'iga

tortilmaydi;

agar qo'shilgan qiymat solig'i tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning

barcha bosqichlarida vujudga kelsa va undirilsa, aktsizlar esa faqat ishlab chiqarish

sohasidagina amal qiladi.  Ushbu qoidadan O'zbekiston Respublikasi hududiga olib

kelinayotgan aktsizosti mahsulotlari va tovarlari istisnodir.

Madomiki, ushbu holatda aktsiz solig'ini to'lovchilar bo'lib, aktsiz osti mahsulotlarini sotib oluvchi va qayta sotuvchi tashkilotlar hisoblanadi.

Aktsiz solig'i o'z mohiyatiga ko'ra tovar bahosiga kiritiluvchi va oxirgi iste'molchi tomonidan to'lanadigan egri soliqdir. Uning ijtimoiy - iqtisodiy mohiyati faqat taqsimot darajasiga qarab ifodalanadi va takomillashtiriladi.

Aktsiz solig'ining iqtisodiy mohiyati byudjet tushumini ta'minlash orqali xalq xo'jaligi manfaatlarini qondirishga, ko'proq mablag'larni jalb ettirishi orqali namoyon bo'lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya'ni asosiy iste'molchilarning to'lov qobiliyatlarini oshishida o'z ifodasini topadi. Bu esa aktsiz solig'i ob'ektlari (aktsiz osti tovarlari)ni qisqartirilishida, soliq stavkalari pasayishida, aholi to'lov qobiliyatini o'sishida namoyon bo'ladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, sub'ektlar aktsiz solig'i iste'molchilari sifatida yuzaga kelishi tabiiydir.

Ammo aktsiz solig'i engiliklari tovarlarni xarid qilish uchun olinadigan kredit resurslarini qisqartirilishiga, bu esa o'z vaqtida harajatlarning pasayishiga olib keladi. Xarajatlarning pasayishi esa daromad (foyda)ni oshirish omillaridan biridir.

Aktsiz solig'ini mohiyatini ochishda u bajaradigan vazifalarni bilish muhimdir. Shu jihatdan uning quyidagi vazifalarini alohida ta'kidlab o'tmoqchimiz:

birinchidan, mamlakat byudjetining muhim daromad manbalaridan biri sanaladi. Soliq tizimi rivojlanish bosqichini boshdan kechirayotgan barcha davlatlar singari, mamlakatimizda ham aktsiz orqali daromadlarni tez va oson yig'ish imkoniyatlari yuzaga keladi. Frantsuz iqtisodchisi F. Demezon ta'biri bilan aytganda «aktsizning o'zi barcha boshqa soliq tushumlari va undan ham ko'proqni berishga qodirdin>

ikkinchidan, aktsiz osti tovarlari iste'molini cheklash (asosan ijtimoiy zararli tovarlar) orqali muayan bozor doirasida talab va taklifni tartibga solish. Iqtisodiy o'sish doirasini bashqarishda aktsizosti tovarlar ro'yxatini belgilash orqali davlat yalpi talab va taklifni egiluvchanligi ta'minlaydi;

uchinchidan, davlatning milliy bozorni himoya qilish vazifasi aktsiz solig'i orqali ta'minlanadiki, bunda yuqori soliq stavkalaridan foydalaniladi;

to'rtinchidan, aktsiz solig'i monopol mavqedagi tovar ishlab chiqaruvchi yoki aniq mahsulot turini progressiv soliqqa tortish vazifasini o'taydi;

beshinchidan, aktsiz solig'i aholini boy badavlat qatlamlari daromadlarini qayta soliqqa tortish usuli bo'lib hisoblanadi. Chunki aktsiz solig'i asosan nufuzli (qiymati yuqori) tovarlarga qo'llaniladiki, bunday tovarlarni asosiy iste'molchilari boy-badavlat shaxslar hisoblanadi.

Shunday qilib, aktsiz solig'i ijtimoiy muhitni ham yaxshilash imkoniyatlarini moliyaviy natijalarning o'sishi orqali ta'minlab berishi mumkindir. Shu bois aktsiz solig'ining takomillashtirilishi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi bilan chambarchas bog'liqdir.

2. O'zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqarilgan va respublikaga impoprt qilinadigan tovarlar uchun aktsiz solig'i.

Aktsiz solig'ini hisoblash tartibi. Alkogolli mahsulotlar bo'yicha mahsulot birligiga (1 litr) aktsiz solig'i summasi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

(MxA)/100,

bunda:

M - tayyor alkogolli mahsulotning quwati (%) (spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qat'i nazar)

A - aktsiz solig'i stavkasi, mahsulot birligiga so'mda.

Boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo'yicha aktsiz solig'i summasi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

(O x A) / 100,

bunda:

O - O'z ichiga aktsiz solig'ini olgan shartnomaviy (erkin) narx, QQSsiz;.

A - aktsiz solig'i stavkasi..

Aktsiz markalari bilan markalangan tovarlar bo'yicha aktsiz solig'i to'lashning o'ziga xos xususiyatlari

Aktsiz markalari bilan markalangan tovarlar bo'yicha aktsiz solig'i umumo'rnatilgan tartib bo'yicha hisoblanadi. Aktsiz markalarining nominal qiymati aktsiz solig'i to'lovi hisobiga kiritilmaydi.

Berilgan xom ashyodan ishlab chiqariladigan tovarlar bo'yicha aktsiz solig'ini hisoblashning o'ziga xos xususiyatlari.

Buxgalteriya hisobi haqidagi qonunchilikka muvofiq berilgan xom ashyo mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan balansdan tashqarida hisobga olinadi.

Berilgan xom ashyodan ishlab chiqariladigan mahsulotga aktsiz solig'ini hisoblab chiqishda, aktsiz to'lanadigan tovarlar realizatsiyasi bo'yicha aylanish (oborot) ushbu tovarlarni ishlab chiqish bo'yicha bajarilgan ishlar qiymati va berilgan xom ashyo qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

3. Soliqni to'lovchilar tarkibi, soliqqa tortish ob'ekti, soliq stavkalari, to'lash muddatlari, soliq bo'yicha imtiyozlar va hisoblash tartibi.

Aktsiz solig'i to'lovchilari deb mulk shaklidan qat'i nazar aktsiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi. Soliq solish maqsadlarida yuridik shaxslar deganda o'zining mulkchiligida, xo'jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mulkka ega bo'lgan, shuningdek o'zining majburiyatlari bo'yicha ushbu mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega bo'lgan alohida bo'linmalar tushuniladi.

Aktsizlanadigan tovarlar uchun soliq solish ob'ekti bo'lib:

alkogolli mahsulotlar bo'yicha - unga nisbatan qat'iy (spetsifik) soliq stavkalari belgilangan sotilgan alkogolli mahsulotlar hajmining naturadagi ifodasi (yuklab jnatilgan tovar tarkibida 100% suvsiz spirtning hajm birligiga yoki mahsulot hajmi birligiga absolyut summada);

boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo'yicha - berilgan xom ashyodan ishlab chiqarilganini O'z ichiga olgan holda, kelishilgan (erkin) narxlarda (O'z ichiga aktsiz solig'i summasini olgan), qo'shilgan qiymat solig'ini hisobga olmagan holda yuklab jo'natilgan tovarning qiymati yoki uning fizik hajmi hisoblanadi.

Tekinga beriladigan aktsizlanadigan tovar ham soliq solish ob'ekti hisoblanadi. Bunda:

alkogolli mahsulotlar bo'yicha - unga nisbatan qat'iy (spetsifik) soliq stavkalari

belgilangan sotilgan alkogolli mahsulotlar hajmining naturadagi ifodasi (yuklab

jqnatilgan   tovar   tarkibida   100%   suvsiz   spirtning   hajm   birligiga   absolyut

summada);

boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo'yicha - soliq to'lovchida tovarni topshirish

paytida  shakllangan,  lekin ushbu  aktsizlanadigan tovarni  ishlab  chiqarishda

haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlardan kam bo'lmagan hisob-kitob (ulgurji)

narxlari darajasidan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymat soliq solish ob'ekti

bo'lib hisoblanadi.

Aktsiz solig'i bo'yicha imtiyozlar

Aktsiz solig'i quyidagilarga solinmaydi:

a) aktsiz to'lanadigan tovarlarni eksport uchun etkazish, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida tovarlarning ro'yxati bundan mustasno;

b) yog'-moy va "O'zbekiston" yog'ini ishlab chiqarishda ishlatiladigan paxta yog'ini etkazish;

v) O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, xalq ta'limi va sog'liqni saqlash tizimlari ehtiyojlari uchun ixtisoslashtirilgan mebel.

Imtiyoz berish maqsadlarida ixtisoslashtirilgan mebel deganda quyidagilar tushuniladi:

davlat va nodavlat ta'limi va tibbiyot muassasalarini ta'minlash uchun realizatsiya qilinadigan mebel;

ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini ta'minlash uchun ta'minot sotish bilan shug'ullanuvchi qaramog'idagi tashkilotlarga sotiladigan mebel.

Ushbu imtiyoz ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini ta'minlash uchun ixtisoslashtirilgan mebelni sotib olish bo'yicha tuzilgan shartnomalar mavjud bo'lgan taqdirda beriladi.

Mazkur mebel boshqa iste'molchilarga realizatsiya qilinganda unga umum o'rnatilgan tartibda aktsiz solig'i solinadi;

g) alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun

"O'zmevasabzavotuzumsanoatxolding" xolding kompaniyasi, "O'zkimyosanoat" assotsiatsiyasi va qishloq va suv xo'jaligi vazirligi korxonalariga spirt realizatsiya qilinganda;

d) "O'zmevasabzavotuzumsanoatxolding" xolding kompaniyasi va Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi korxonalariga vino ishlab chiqarish uchun vinomateriallarni realizatsiya qilish.

Soliq to'lovchi tomonidan, realizatsiyaning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda hisoblangan aktsiz solig'ining summasi, byudjetga quyidagi muddatlarda to'lanadi:

joriy oyning 13 sanasidan kechikmasdan - joriy oyning birinchi dekadasi uchun;

joriy oyning 23 sanasidan kechikmasdan -joriy oyning ikkinchi dekadasi uchun;

keyingi oyning 3 sanasidan kechikmasdan - hisobot oyining qolgan kunlari uchun.

Realizatsiya kuni deb tovar-kuzatuv hujjatlarida ko'rsatilgan tovar ortilgan kun hisoblanadi.

Dekadali to'lovlar bo'yicha aktsiz solig'ining kelib tushgan summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to'lovchilarning shaxsiy schyotlarining soliqni "hisoblash" va "to'lash" ustunlarida bir vaqtning o'zida aks ettiriladi.

Soliq to'lovchi o'zi ro'yxatdan o'tgan joydagi tegishli soliq xizmati organiga aktsiz solig'i bo'yicha hisob-kitoblarni har oyda, hisobot oyidan keyin keluvchi

oyning 20 sanasigacha, soliq solinmaydigan aylanishlar (oborotlar) summasini yoyilmasi ilova qilingan holda mazkur Yo'riqnomaning 3-ilovasiiga* (alkogolli mahsulotlar bo'yicha) va 4-ilovasiga* (boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo'yicha) muvofiq shaklda taqdim qilinadi.

Aktsiz solig'i to'lash muddatlari va mos ravishda hisob-kitoblarni taqdim qilish muddatlari dam olish (ishlamaydigan kun) yoki bayram kuniga to'g'ri kelsa, u holda ular dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga kqchiriladi.

hisobot davri mobaynida dekadali to'lovlar bo'yicha to'langan aktsiz solig'i summalari tegishli hisobot davri uchun hisoblangan soliq summasida hisobga o'tkaziladi.

Aktsiz solig'ining ortiqcha to'langan summalari kelgusi to'lovlar hisobiga o'tkaziladi yoki to'lovchiga soliq organi tomonidan uning yozma ravishdagi arizasini olingan kundan boshlab 30 (o'ttiz) kunlik muddat ichida (byudjetta to'lovlar bo'yicha qarzlari bo'lmasligi sharti bilan) qaytarib beriladi.

4. Aktsiz solig'ini hisobga olish va buxgalteriyada rasmiylashtirish.

Aktsiz solig'i to'lanadigan tovar O'zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig'i to'langan xom ashyodan ishlab chiqarilgan holatlarda, xom ashyo (mahsulot) bo'yicha to'langan aktsiz solig'i summasi ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilmaydi va tayyor mahsulotta aktsiz solig'i summasini hisoblashda hisobga olinadi.

hisobga o'tkazilishi lozim bo'lgan aktsiz solig'i summasi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun, xom ashyo (mahsulotni) etkazib beruvchilar tovar-kuzatuv hujjatlarida byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan ortilgan xom ashyo (mahsulot) bo'yicha aktsiz solig'i summasini alohida qatorda ko'rsatishlari shart.

Agar, sotib olinayotgan aktsiz solig'i solinadigan xom ashyo (mahsulot) bo'yicha aktsiz solig'i summasi tovar-kuzatuv hujjatlarida alohida ajratib ko'rsatilmagan bo'lsa, u hisob-kitob yo'li bilan hisoblab chiqarilmaydi va tayyor mahsulot bo'yicha hisobga kiritilmaydi.

hisobga o'tkazilishi lozim bo'lgan aktsiz solig'i summasi alohida mufassal (analitik) schyotda hisobga olinadi va tegishli ulushlarda "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyotining debetiga xom-ashyoni ishlab chiqarishga sarflanishi sari, hisobdan chiqarilib boriladi.

quyidagilar bo'yicha hisoblangan aktsiz solig'i summasi hisobga kiritilmaydi:

"O'zmevasabzavotuzumsanoatxolding"      xolding     kompaniyasi     korxonalari

tomonidan ishlab chiqilgan spirt bo'yicha o'z iste'moli uchun;

benzin va dizel yonilg'isi ishlab chiqarish uchun neft va gaz kondensati bo'yicha.

Aktsiz solig'i bo'yicha byudjet bilan hisob-kitoblarning hisobi byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarning hisobi schyotida olib boriladi.

Byudjetga o'tkazilishi kerak bo'lgan aktsiz solig'ining hisoblangan summasi olish bo'yicha hisob schyotining debetida va byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarning hisobi schyotining kreditida aks ettiriladi. Byudjetga o'tkazilgan aktsiz solig'i summasi pul vositalarini hisobi schyoti bilan korrespondentsiyasida byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar schyotining debetida aks ettiriladi.

Aktsiz markalarini sotib olishda boshqa joriy aktivlar schyotining debetida va pul vositalarining hisobi schyotining kreditida buxgalteriya yozuvi yozib qo'yiladi.

Mahsulotni markirovkalash uchun aktsiz markalari ishlatilgan sari quyidagi buxgalteriya yozuvi yozib boriladi: davr xarajatlari hisobi schyotining debeti va boshqa joriy aktivlar schyotining krediti.

Soliq to'lovchilar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.

Aktsiz solig'ining to'g'ri hisoblash va byudjetga to'lash ustidan nazorat davlat

soliq organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O'zbekiston

Respublikasining   "Davlat   soliq  xizmati   to'g'risida"gi   qonuni   va   O'zbekisgon

Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

Alkogolli mahsulotlar bo'yicha aktsiz solig'i hisob-kitobiga MISOL

(1 litr aroqqa)

1. Aroq tarkibidagi spirt hajmi (%) 40%

2. Aroq bo'yicha 1 litr suvsiz etil spirti uchun byudjetga o'tkaziladigan aktsiz solig'i summasi (so'm.) 2600

3. Aroq bo'yicha 1 litr suvsiz etil spirti uchun "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus hisobraqamiga jo'natiladigan aktsiz solig'i summasi (so'm.) 60

4. Byudjetga o'tkaziladigan aktsiz solig'i summasi (1-satr X 2-satr / 100%) (1 litr aroq uchun so'm.) 1040

5. "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus hisobraqamiga jo'natiladigan aktsiz solig'i summasi (1-satr X 3-satr / 100%) (1 litr aroq uchun so'm.) 24

10 ming dal aroq sotilganda byudjetga to'lanadigan aktsiz solig'i summasi 104 mln. so'mni (4 satr X 100000 litr) tashkil etadi.

10 ming dal aroq sotilganda "O'zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus hisobraqamiga jo'natiladigan aktsiz solig'i summasi 2,4 mln. so'mni (5 satr X 100000 litr) tashkil etadi.

Izoh:

Tarkibida etil spirti hajmi 30 foiz va undan yuqori bo'lgan alkogolli mahsulotlarning barcha turlari bo'yicha, hamda konyak (brendi) bo'yicha hisob-kitoblar shu misolda ko'rsatilgandek hisoblanadi.

Boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo'yicha aktsiz solig'i hisob-kitobiga misol

(o'simlik (paxta) yog'i)

Aktsiz  solig'i  summasini  hisob-kitob  qilish  uchun  quyidagi  formula bo'yicha shartnomaviy (erkin) narx (aktsiz bilan) aniqlanadi.

O = (S x 100) / 100-A,

Bunda:

O - o'z ichiga aktsiz solig'ini olgan shartnomaviy (erkin) narx, QQSsiz; S - korxonaning hisob-kitob qiladigan (ulgurji) narxi (me'yorlar bo'yicha xarajatlar va foyda me'yori);

Информация о работе Aktsiz solig'ining iqtisodiy mohiyati va vujudga kelish hamda rivojlanish tarixi